Kontent qismiga oʻtish

Johannes Schöner

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Johannes Schöner
Tavalludi 16-yanvar 1477-yil
Vafoti 16-yanvar 1547-yil
Nyurnberg
Fuqaroligi Muqaddas Rim imperiyasi
Taʼlimi Bamberg, Nyurnberg
Kasbi Astronom, kartograf, matematik, katolik ruhoniysi, astrolog.
Dini Katolik
Mashhur ishlari Amerika va Antarktida tasvirlangan globus muallifi.

Johannes Schöner – nemis olimi, koʻplab sohalarda faoliyat olib borgan shaxs. U ruhoniy, astronom, astrolog, geograf, kosmograf, kartograf, matematik, globuslar va ilmiy asboblar ixtirochisi. Ilmiy kitoblar muharriri va nashriyotchisi. Schöner Nyurnbergda 1543-yilda Kopernikning mashhur Osmon jismlarining oʻzgarishi haqidagi kitobining nashr etilishida katta rol oʻynagan.

Schöner nomiga Mars sayyorasida krater atalgan.

Erfurt universitetida ilohiyot fanini oʻrgangan, soʻngra katolik ruhoniy unvonini olgan va Bambergda ishlashni boshlagan. U yerdagi uyida bosmaxona tashkil etib astrologik adabiyotlarni tarqatgan. Schöner globuslar yaratuvchisi sifatida tanilgan[1]. Oʻsha davrda yangi kashf etilgan qitʼa – Amerikaning tasviri boʻlgan birinchi yer globusini yaratgan. Schönerning globusi Nyurnberg shahar kutubxonasida saqlanmoqda. 1526-yilda Nyurnbergda Melanxthon gimnaziyasi ochilganidan soʻng, Schöner u yerda matematika oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. Ushbu lavozimda u 20 yil davomida faoliyat koʻrsatgan. U lyuteranlikni qabul qilgan va 1527-yil 7-avgustda Anna Zelerin bilan turmush qurgan. Schönerning ishlari orasida Georg von Peuerbach, Bernhard Walther (1430-1504), Iogann Regiomontan va Nikolay Kopernikning astrologik va astronomik asarlarini nashr etish boʻlgan. U efemeridlar va abadiy sayyora jadvallarini tuzgan, astrologiyaga bagʻishlangan katta qoʻllanma „De judiciis nativitatum“ni yozgan. Bu kitoblar Melanxthonning soʻzboshisi bilan chiqqan. Oʻz qoʻllanmasida Schöner astrologiya Kopernikning astronomik tizimi bilan toʻliq mosligini isbotlagan. Shuningdek, u astrologiya, astronomiya, xronologiya va matematika boʻyicha bir qator boshqa asarlar yozgan.

Mashxur asarlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Horarii canones. – 1515-yil;
  • Horoscopium generale, omni regioni accomodum. – Nuremburg, 1535-yil;
  • Opus astrologicum etc. – Norimb., 1539-yil;
  • De judiciis nativitatum etc. – Norimb., 1545-yil;
  • Opusculum Astrologicum. / Transl. and edited by R. Hand. – Berkeley Springs, West Virginia: Golden Hind Press, 1994-yil.
  1. Шенер, Иоганн // Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефрона : в 86 т. (82 т. и 4 доп.). — СПб., 1890—1907.
  • Shener, Iogann // Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona : v 86 t. (82 t. i 4 dop.). – SPb., 1890—1907.
  • Rosen E. Schoner. / / Dictionary of Scientific Biography
  • Becker U. Lexicon der Astrologie / Astrologicheskiy tolkoviy slovar
  • Ebertin R. Astrological Healing
  • Schöner J. Opusculum Astrologicum
  • Poggendorff J. C. Biographisch-literarisches Handwörterbuch zur geschichte der exacten Wissenschaften.