Kontent qismiga oʻtish

Koʻz ichi bosimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bemor tonometr oldida

Koʻz ichi bosimi koʻz ichidagi koʻz ichi suyuqligining bosimidir. Koʻz ichi bosimi glaukoma xavfi boʻlgan bemorlarni tekshirishda muhim koʻrsatkich boʻlib[1], shifokorlar koʻz ichi bosimini aniqlash uchun koʻz tonometriyasidan foydalanadilar. Koʻpgina tonometrlar koʻz ichi bosimini mm simob ustunida (mmHg) oʻlchash uchun moʻljallangan.

Fiziologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻz ichi bosimi kipriksimon tana tomonidan koʻz ichi suyuqligini ishlab chiqarilishi va oqimi, soʻngra uning trabekulyar toʻr va uveoskleral oqim orqali drenajlanishi bilan belgilanadi. Buning sababi shundaki, koʻz orqa kamerasidagi shishasimon suyuqlik nisbatan doimiy hajmga ega va shuning uchun koʻz ichi bosimining hosil boʻlishiga taʼsir qilmaydi.

Koʻz ichi bosimi hosil boʻlishida miqdoriy munosabat (Goldmann tenglamasi) quyidagicha hisoblanadi[2]:

Bunda:

  •  – Koʻz ichi bosimining millimetr simob ustunidagi oʻlchami (mmHg)
  •  – 1 daqiqada koʻz ichi suyuqligining hosil boʻlish tezligi mikrolitrda (mL/min)
  •  – uveoskleral yoʻl orqali koʻz ichi suyuqligining rezorbsiyasi (mL/min)
  •  – 1 mm simob ustunidagi suyuqlikning 1 daqiqada mikrolitrda chiqish imkoniyati (mL/min/mmHg)
  •  – episkleral venoz bosim mm simob ustunida (mmHg).

Yuqoridagi omillar koʻz ichi suyuqligi hosil boʻlishi va oʻzgarishiga taʼsir qiluvchi omillardir.

Koʻz ichi bosimini oʻlchash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Palpatsiya koʻz ichi bosimini taxminiy oʻlchashning eng qadimgi, eng oddiy va arzon usullaridan biridir, ammo bosim juda yuqori boʻlmasa, bu usul toʻgʻri maʼlumot bermaydi[3]. Koʻz ichi bosimi koʻzlarning kengaytirilgan tekshiruvi doirasida tonometr bilan oʻlchanadi. Koʻz ichi bosimini doimiy monitoring qilish uchun kontakt linzalari sensorlari ham ishlatiladi[4].

Koʻz ichi bosimining oʻlchangan qiymatlariga shox pardaning qalinligi va rigidligi taʼsir qiladi[5][6]. Natijada, refraktiv jarrohlikning baʼzi shakllari (masalan, fotorefraktiv keratektomiya) aslida koʻz ichi bosimi oʻta darajada yuqori boʻlsa-da, tekshiruvdagi qiymatlarning normal chiqishiga olib kelishi mumkin. Yangi transpalpebral va transskleral tonometriya usuli shox pardaning biomexanikasiga taʼsir qilmaydi va bunda shox pardaning nosimmetrikliklarini tuzatishga hojat yoʻq, chunki koʻz ichi bosimini oʻlchash yuqori koʻz qovogʻi va sklera orqali amalga oshiriladi[7].

Oftalmologlar va optometristlar oʻrtasidagi hozirgi konsensusga koʻra normal koʻz ichi bosimi 10 mmHg dan 20 mmHg gacha boʻlgan oraliqda boʻladi[8][9][10][11]. Koʻz ichi bosimining oʻrtacha qiymati taxminan 15,5 mmHg ga teng boʻlib, 2,75mmHg ga oʻzgarib turishi mumkin[12].

Koʻz gipertenziyasi koʻz ichi bosimining meʼyordan yuqori boʻlishi, koʻrish nervining shikastlanishi yoki koʻrish maydonining yoʻqolishi bilan tavsiflanadi[13][14].

Koʻz gipotenziyasi, odatda, koʻz ichi bosimi 5 mmHg ga teng yoki undan kam boʻlishi bilan belgilanadi[15][16]. Bunday past koʻz ichi bosimi suyuqlikning doimiy oqib turishi va koʻz olmasining deflatsiyasini koʻrsatishi mumkin.

Taʼsir etuvchi omillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sutkalik oʻzgarishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻz ichi bosimi sutka davomida oʻzgarib turadi. Sogʻlom koʻzlar uchun koʻz ichi bosimining kunlik oʻzgarishi 3 dan 6 mmHg gacha, glaukomatoz koʻzlarda esa oʻzgarish farqi yiriklashishi mumkin. Bunday bemorlarda kechasi koʻz ichi suyuqligi sekinroq ishlab chiqarilishiga qaramay, koʻz ichi bosimi pasaymasligi mumkin[17][18][19].

Fitnes va jismoniy mashqlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jismoniy mashqlar koʻz ichi bosimiga taʼsir qilishi mumkinligini koʻrsatadigan baʼzi noaniq tadqiqotlar mavjud boʻlib, ularning baʼzilari ijobiy va baʼzilari salbiy taʼsirlarni koʻrsatadi[20][21][13].

Musiqiy asboblar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baʼzi puflama musiqa asboblarini chalish koʻz ichi bosimining oshishiga olib keladi. 2011-yilda oʻtkazilgan tadqiqotda jez va yogʻochdan yasalgan puflama cholgʻu asboblarini chalganda koʻz ichi bosimining vaqtinchalik va baʼzan keskin koʻtarilishlari va oʻzgarib turishi kuzatilgan[22]. Boshqa bir tadqiqot shuni koʻrsatdiki, koʻz ichi bosimining koʻtarilishi asbob bilan bogʻliq boʻlgan intraoral qarshilik bilan bogʻliq va yuqori qarshilikli puflama asboblarini chalganda koʻz ichi bosimining vaqti-vaqti bilan koʻtarilishi kuzatiladi[23]. Haqiqiy amerika fleytalari kabi turli sinfdagi etnik puflama cholgʻu asboblarida ogʻiz ichidagi bosim diapazoni Gʻarb klassik puflama asboblaridan pastroq ekanligi qayd etilgan[24].

Giyohvand moddalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻz ichi bosimi yurak urish tezligi, nafas olish, suyuqlik isteʼmoli, tizimli va mahalliy dorilar qabul qilish kabi bir qator boshqa omillar bilan ham belgilanadi. Spirtli ichimliklar va marixuana isteʼmol qilish koʻz ichi bosimining vaqtincha pasayishiga olib keladi, kofein esa koʻz ichi bosimini oshirishi mumkin[25].

Ogʻiz orqali qabul qilingan glitserin (koʻpincha shirin taʼmini kamaytirish uchun meva sharbati bilan aralashtiriladi) koʻz ichi bosimining tez, ammo vaqtincha pasayishiga olib keladi. Bundan keskin koʻtarilgan bosimning dastlabki shoshilinch davosi sifatida foydalanish mumkin[26].

Anesteziyada qoʻllaniladigan mushaklarni boʻshashtiruvchi preparat suksinilxolin koʻz ichi bosimini bir necha daqiqada taxminan 10 mmHg ga oshiradi va bu vaqtinchaqlik hisoblanadi. Preparatning aniq taʼsir mexanizmi maʼlum emas, ammo bunda tonik miofibrillalarning qisqarishi va xoroid qon tomirlarining vaqtincha kengayishi yuzaga kelishi maʼlum. Ketamin preparati ham koʻz ichi bosimini oshirishi aniqlangan[27][28].

Koʻz gipertenziyasi glaukoma uchun eng muhim xavf omilidir.

Koʻz ichi bosimini oʻlchash, ochiq burchakli glaukomaning rivojlanishini sekinlashtirishda neyroprotektiv vositalarning taʼsirini taqqoslaydigan tizimli tekshiruv usuli sifatida koʻriladi[29].

Ikkala koʻzning koʻz ichi bosimi orasidagi farqlar koʻpincha klinik jihatdan ahamiyatli boʻlib, bu odatda glaukomaning ayrim turlari, shuningdek, uveit yoki toʻr pardaning koʻchishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.

Koʻz ichi bosimi anatomik oʻzgarishlar, koʻzning yalligʻlanishi, irsiy omillar yoki dori vositalarining nojoʻya taʼsiri tufayli koʻtarilishi mumkin. Har qanday turdagi koʻz ichi jarrohligi koʻz ichi bosimining oʻzgarishini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak. Koʻz ichi bosimining keskin ortishi koʻz ichi mikrobarotravmasiga va ishemik taʼsirga olib kelishi va retinal nerv tolalari qatlamiga mexanik zoʻriqishni keltirib chiqarishi mumkin. Koʻz ichi bosimining keskin pasayishi koʻz ichi dekompressiyasiga olib kelishi mumkin, bu esa bir nechta mikroemboliyaga olib kelishi mumkin boʻlgan mikropufakchalarni hosil qiladi va gipoksiya, ishemiya va koʻz toʻr pardasi mikrostrukturaning shikastlanishiga olib keladi[30].

  1. Farandos, Nicholas M.; Yetisen, Ali K.; Monteiro, Michael J.; Lowe, Christopher R.; Yun, Seok Hyun (April 2015). "Contact lens sensors in ocular diagnostics". Advanced Healthcare Materials 4 (6): 792–810. doi:10.1002/adhm.201400504. PMID 25400274. 
  2. "24-h monitoring devices and nyctohemeral rhythms of intraocular pressure". Prog Retin Eye Res 55: 108–148. November 2016. doi:10.1016/j.preteyeres.2016.07.002. PMID 27477112. 
  3. Heidary, Fatemeh; Gharebaghi, Reza; Heidary, Roghayeh (2010-07-30). "Palpation by blind examiners: A novel approach for glaucoma screening". Clinical Ophthalmology 4: 671–672. doi:10.2147/opth.s11167. ISSN 1177-5483. PMID 20689781. PMC 2915851. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=2915851. 
  4. Baghban, R; Talebnejad; Meshksar, A; Heydari, M; Khalili, MR (2 November 2023). "Recent advancements in nanomaterial-laden contact lenses for diagnosis and treatment of glaucoma, review and update.". Journal of Nanobiotechnology 21 (1): 402. doi:10.1186/s12951-023-02166-w. PMID 37919748. PMC 10621182. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=10621182. 
  5. "Effect of central corneal thickness on dynamic contour tonometry and Goldmann applanation tonometry in primary open-angle glaucoma". Arch. Ophthalmol. 125 (6): 740–4. June 2007. doi:10.1001/archopht.125.6.740. PMID 17562982. 
  6. "Corneal pachymetry: a prerequisite for applanation tonometry?". Arch. Ophthalmol. 116 (4): 544–5. April 1998. PMID 9565063. 
  7. "Comparison of Intraocular Pressure before and after Laser In Situ Keratomileusis Refractive Surgery Measured with Perkins Tonometry, Noncontact Tonometry, and Transpalpebral Tonometry". J Ophthalmol 2015: 683895. 2015. doi:10.1155/2015/683895. PMID 26167293. PMC 4475733. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4475733. 
  8. webMD – Tonometry
  9. Glaucoma Overview (Wayback Machine saytida 4 July 2008 sanasida arxivlangan) from eMedicine
  10. "Distribution of intraocular pressure in healthy Iranian individuals: the Tehran Eye Study". Br J Ophthalmol 89 (6): 652–7. June 2005. doi:10.1136/bjo.2004.058057. PMID 15923494. PMC 1772663. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=1772663. 
  11. Pooranee. „Do you know about Intra Ocular Pressure?“. Health Education Bureau, Information and Communication Technology Agency, Sri Lanka (2015-yil 9-oktyabr). 2017-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-noyabr.
  12. Janunts E. „Optical remote sensing of intraocular pressure by an implantable nanostructured array“. Medizinische Fakultät der Universität des Saarlandes. 2012-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  13. 13,0 13,1 "Intraocular pressure variation during weight lifting". Arch. Ophthalmol. 124 (9): 1251–4. September 2006. doi:10.1001/archopht.124.9.1251. PMID 16966619. 
  14. Ocular Hypertension, American Optometric Association. Accessed 2015-11-3.
  15. „Ocular Hypotony: Background, Pathophysiology, Epidemiology“. Medscape Reference (2014-yil 5-fevral). Qaraldi: 2015-yil 4-noyabr.
  16. "Elevated intraocular pressure and hypotony following silicone oil retinal tamponade for complex retinal detachment: incidence and risk factors". Arch. Ophthalmol. 117 (2): 189–95. February 1999. doi:10.1001/archopht.117.2.189. PMID 10037563. 
  17. "Monitoring intraocular pressure for 24 h". Br J Ophthalmol 95 (5): 599–600. May 2011. doi:10.1136/bjo.2010.199737. PMID 21330554. 
  18. Brubaker RF (1991). "Flow of aqueous humor in humans". Invest Ophthalmol Vis Sci 32 (13): 3145–3166. PMID 1748546. 
  19. "Twenty-four-hour intraocular pressure pattern associated with early glaucomatous changes". Invest. Ophthalmol. Vis. Sci. 44 (4): 1586–90. April 2003. doi:10.1167/iovs.02-0666. ISSN 1552-5783. PMID 12657596. https://archive.org/details/sim_investigative-ophthalmology-visual-science_2003-04_44_4/page/1586. 
  20. Studies have also been conducted on both healthy and sedentary individuals to determine if intraocular pressure could be reduced with other types of exercise. Some forms of exertion have been found to result in a decrease in intraocular pressure. Exercises studied included; walking, jogging, and running. Acute Dynamic Exercise Reduces Intraocular Pressure (Wayback Machine saytida 28 September 2011 sanasida arxivlangan), Departments of Ophthalmology, Physiology, Faculty of Medicine, Atatürk University, Erzurum- Turkey. July 1999.
  21. Qureshi IA. Effects of mild, moderate and severe exercise on intraocular pressure of sedentary subjects. Rawalpindi Medical College, Rawalpindi, Pakistan
  22. "Intraocular pressure fluctuations in professional brass and woodwind musicians during common playing conditions". Graefes Arch. Clin. Exp. Ophthalmol. 249 (6): 895–901. June 2011. doi:10.1007/s00417-010-1600-x. PMID 21234587. Archived from the original on 2022-01-11. https://web.archive.org/web/20220111155744/https://pearl.plymouth.ac.uk/bitstream/handle/10026.1/10195/Schmidtmann_2011.pdf;jsessionid=C5A3CBDA079355BE3F54DAFDFC2C8B64?sequence=1. Qaraldi: 2024-05-27. Koʻz ichi bosimi]]
  23. "Increased intraocular pressure and visual field defects in high resistance wind instrument players". Ophthalmology 107 (1): 127–33. January 2000. doi:10.1016/s0161-6420(99)00015-9. PMID 10647731. https://archive.org/details/sim_ophthalmology_2000-01_107_1/page/127. 
  24. Clinton F. Goss (August 2013). "Intraoral Pressure in Ethnic Wind Instruments". Flutopedia. http://www.Flutopedia.com/refs/Goss_2013_IntraoralPressureInEthnicWindInstruments.pdf. Qaraldi: 22 August 2013. Koʻz ichi bosimi]]
  25. Intraocular pressure measure on normal eyes by Pardianto G et al., in Mimbar Ilmiah Oftalmologi Indonesia.2005;2:78-9.
  26. "Effect of Oral Glycerol on Intraocular Pressure in Normal and Glaucomatous Eyes". Arch. Ophthalmol. 72 (4): 491–3. October 1964. doi:10.1001/archopht.1964.00970020491009. PMID 14184494. https://archive.org/details/sim_jama-ophthalmology_archives-of-ophthalmology_1964-10_72_4/page/491. 
  27. „19. General Anesthetics and Therapeutic Gases“, Goodman & Gilman's: The Pharmacological Basis of Therapeutics, 12th, New York, USA: The McGraw-Hill Companies, Inc., 2011 — 539-bet. ISBN 978-0-07-162442-8. 
  28. „Ocular Therapeutix Inc (OCUL)“ (en). biotickr. Qaraldi: 2022-yil 13-sentyabr.
  29. "Neuroprotection for treatment of glaucoma in adults". Cochrane Database Syst Rev 1 (1): CD006539. January 2017. doi:10.1002/14651858.CD006539.pub4. PMID 28122126. PMC 5370094. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5370094. 
  30. "Recent awareness and consideration of intraocular pressure fluctuation during eye surgery". J Cataract Refract Surg 41 (3): 695. March 2015. doi:10.1016/j.jcrs.2015.01.009. PMID 25804599.