Konyak
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Konyak (Fransiyadagi Konyak shahri nomidan) — oq uzumdan olingan konyak spirtidan tayyorlanadigan ichimlik. Olingan 65—70% li spirt eman (dub) bochkalarda saqlanadi. Bochka taxtachalarining orasidan kirgan kislorod hisobiga yangi K. spirti oksidlanadi va hosil boʻlgan uchuvchan organik kislotalar, emanning oʻziga xos hidli moddalari unga sargʻish rang va K. boʻyini beradi. Tayyorlanish texnologiyasiga koʻra, oddiy (3—5 yillik spirtdan), markali va kolleksion turlarga boʻlinadi (markali K. 6 yildan 50 yilgacha saqlangan K. spirtidan tayyorlanadi). Oʻtkir K. spirtidan 40—41° li K. tayyorlash uchun unga distillangan suv qoʻshiladi. K. spirti 3, 4, 5 yil saqlansa va spirt hajmi 41% boʻlsa, shishadagi yorlikda ham 3, 4, 5 yulduz surati koʻrsatiladi. Saqlash muddati 6—7 yil, spirt hajmi 42% boʻlsa uzoq saqlangan oliy sifatli K., 10 yildan oshiq saqlangani eski K. deyiladi va shisha yorligʻiga saqlangan muddatlarini koʻrsatuvchi maxsus belgilar qoʻyiladi. K. ishlab chiqarish Fransiyadagi Konyak shahrida keng rivojlangani uchun bu ichimlik shu shahar nomi bilan atalgan. Oʻzbekistonda Yangiyoʻl va Samarqand vinochilik korxonalarida "Oʻzbekiston", "Shodlik", "Anhor", "Samarqand", "Afrosiyob" va boshqa markali K.lar yuqori sifatli hisoblanadi. 2000-yilda Oʻzbekistonda 131 ming dal K. ishlab chiqarildi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |