Kontent qismiga oʻtish

Lebap viloyati

Koordinatalari: 39°0′0″N 63°0′0″E / 39.00000°N 63.00000°E / 39.00000; 63.00000
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Lebap viloyati

turkmancha: Lebap welaýaty
viloyat
39°0′0″N 63°0′0″E / 39.00000°N 63.00000°E / 39.00000; 63.00000
Mamlakat Turkmaniston
Hukumat
Asos solingan 1992
Avvalgi nomlari Charjou viloyati
Maydon 93,730 km2 (36,190 kv mi)
Rasmiy til(lar)i Turkman tili
Aholisi
 (2011)
1 421 100
Zichligi 13 kishi/km2
Milliy tarkib turkmanlar, ruslar, oʻzbeklar, tojiklar, qozoqlar, afgʻonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +993 422
Avtomobil kodi LB
Lebap viloyatiLebap viloyati xaritada
Lebap viloyatiLebap viloyati
Lebap viloyatiLebap viloyati

Lebap viloyati (turkmancha: Lebap welaýayty) — Turkmanistondagi viloyat (dastlab 1939-yil 20 noyabrda tashkil etilgan, 1963-yilda tugatilgan. 1970-yil 14-dekabrda qayta tiklangan). 1993-yil gacha Chorjoʻy viloyati nomi bilan yuritildi. Qoraqum choʻlining sharqida Amudaryo oʻrta oqimining har ikki sohilida joylashgan (Lebap — Labiob, yaʼni, Daryo boʻyi, nomi shundan). Maydoni 93,8 ming km². Aholisi 1034,7 ming kishi (1999). Viloyatda 13 tuman, 4 shahar, 26 shaharcha, 103 qishloq va 458 aholi punkti bor. Viloyat markazi Turkmanobod shahri.

Tabiati. Lebap viloyati hududining 75%ni Qoraqum choʻli egallagan. Viloyat hududi shim.-gʻarbdan jan.-sharqqa 690 km ga choʻzilgan, eni sharqdan gʻarbga 135– 225 km. Lebap viloyati shim.da Amudaryoning gʻarbida Zaunguz Qoraqumigacha yetib, Mari—Turkmanobod t.yildan jan.da Qorakumning jan.-sharqiy qismini oʻz ichiga olgan. Viloyatning jan.-gʻarbiy chekkasida Qorabel qirlarining bir qismi joylashgan. Shim.-sharqiy qismi (Amudaryoning oʻng sohili) Qizilqum choʻlidan iborat, undan jan.-sharqda Sandiqli qum choʻli mavjud. Viloyatning jan.-sharqiy chegarasida Mukri platosi bilan Gugurttogʻ va Koʻhitang (eng baland joyi 3139 m) togʻlari bor.

Lebap viloyati iqlimi keskin kontinental, quruq. Yozi issiq, qishi moʻʼtadil sovuq. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 29,5°, yanvarniki shimolida —4°, jan.da 2°. Yillik yogʻin miqdori shim.da 100 mm, jan.da 150–200 mm. Vegetatsiya davri 203—235 kun. Koʻllardan Botli, Qargʻali, Qizilcha, Patdali, Sulton Sanjar va boshqa bor. Tuprogʻi, asosan, boʻz tuproq. Oʻsimliklardan choʻl qismida qum bardidoshi, oq saksovul, quyonsuyak, qandim va boshqa, Amudaryo vodiysida toʻqay oʻsimliklardan turangʻil, terak, tol oʻsadi, togʻlarda archazorlar uchraydi. Yovvoyi hayvonlardan choʻllarda jayran, dasht mushugi, tulki, boʻri, chiyaboʻri, kemiruvchilardan qumsichqon, yumronqoziq, qushlardan xoʻjasavdogar, choʻl qizilishtoni, sudraluvchilardan ilon, kaltakesak, toshbaqa, Amudaryo vodiysida buxoro bugʻusi, qobon yashaydi. Lebap viloyati hududida Koʻhitang va Repetek qoʻriqxonalari joylashgan.

Aholisi, asosan, turkmanlar, shuningdek, oʻzbek, rus, tatar, ukrain, ozarbayjon, arman va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 445 ming kishi, qishloq aholisi 589,7 ming kishi. Aholisi zichligi 1 km² ga 11 kishi (1999).

Xoʻjaligi. Viloyatda yengil va oziqovqat, gaz, kimyo, paxta tozalash, ipakchilik, qorakoʻl terisiga dastlabki ishlov berish, yogʻ-moy kabi sanoat tarmoqlari rivojlangan. Asosiy korxonalar Turkmanobodda. Tuman markazlarida paxta tozalash zavodlari, Otamurodda sut, goʻsht, non kombinatlari, gilam fabrikasi, qishloq xoʻjaligi mashinalarini tuzatish zavodi, Gugurttogʻda oltingugurt kombinati, Seydi shahrida neftni qayta ishlash zavodi bor. Turkmanoboddan shim.da neft-kimyo majmuasi barpo etilgan. Lebap viloyatida sugʻorib dehqonchilik qilinadigan yerlarining asosiy ekini—paxta (jumladan, ingichka tolali navlar ham ekiladi). Gʻalla, poliz ("gulobi" qovun navi mashhur), sabzavot ekinlari ekiladi. Bogʻdorchilik va tokchilik bilan shugʻullaniladi. Choʻl yaylovlarida qorakoʻl qoʻylari, Amudaryoga yaqin yerlarda qoramol boqiladi. Lebap viloyati Turkmanistonning asosiy ipakchilik rayoni. Lebap viloyati, avtomobil yoʻllari bor. Amudaryo va Qoraqum kanalida kema qatnaydi. Asosiy pristanlari Otamurod, Nichkapir, Turkmanobod. Viloyat markazi havo yoʻllari orqali Ashxobod va boshqa shaharlar bilan bogʻlangan. Pedagogika instituti, 3 oʻrta bilim yurti, 8 litsey, jamoat kutubxonalari, 4 muzey, teatr, 26 kasalxo-na bor. "Turkman gundogari" ("Turkman sharqi") gaz. chiqadi.[1]

Lebap viloyati - Turkmanistondagi viloyat. 1992-yilda asos solingan.

Hududiy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]


Turkmaniston viloyatlari Turkmaniston Davlat Bayrog`i

Ahal viloyati | Bolqon viloyati | Toshoʻgʻuz viloyati | Lebap viloyati | Mari viloyati |

Viloyatlarni boshqaruvchi shahar - Ashxabod

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil