Kontent qismiga oʻtish

Lee Remick

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Lee Remick
Tavalludi 14-dekabr 1935-yil
Vafoti 2-iyul 1991-yil(1991-07-02)
(55 yoshda)
Brentwood, Kaliforniya, AQSH
Fuqaroligi AQSh
Taʼlimi Barnard College
Actors Studio
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1953–1990
Bolalari 2
Onasi Gertrude Margaret Remick

Lee Ann Remick (/ˈrɛmɪk/[1]; 1935-yil 14-dekabr – 1991-yil 2-iyul) – amerikalik aktrisa va qoʻshiqchi. Lee Remick „Days of Wine and Roses“ (1962) filmidagi ijrosi uchun eng yaxshi aktrisa yoʻnalishida Oscar mukofotiga nomzod boʻlgan.

Remick „A Face in the Crowd“ (1957) filmida debyut qilgan. Uning ijro etgan kino rollari orasida „Anatomy of a Murder“ (1959), „Wild River“ (1960), „Days of Wine and Roses“ (1962), „No Way to Treat a Lady“ (1968), „The Detective“ (1968), „The Omen“ (1976), „The Europeans“ (1979) va boshqalar bor.

Lee Remick „The Blue Knight“ (1973) filmidagi roli uchun Oltin globus mukofotini qoʻlga kiritgan. „Jennie: Lady Randolph Churchill“ (1974) mini-serialida bosh rolni ijro etgani uchun esa „Eng yaxshi ayol roli“ nominatsiyasida BAFTA mukofotini qoʻlga kiritgan. 1991-yil aprel oyida Hollywood Walk of Fame yulduzini qabul qilib oldi.

Remick teatrda ham ishlagan va 1966-yilda „Wait Until Dark“ pyesasidagi Broadway roli uchun eng yaxshi teatr aktrisasi nominatsiyasida Tony mukofotiga nomzod boʻlgan.

Remick Massachusets shtatining Quincy shahrida aktrisa Gertrude Margaret (qizlik familiyasi: Waldo) va koʻplab butiklar egasi boʻlgan Francis Edwin „Frank“ Remicklar oilasida dunyoga kelgan[2][3][4]. Uning Bruce ismli akasi bor[5]. Uning onasi tomonidan katta buvilaridan biri Eliza Duffield Angliyada tugʻilgan minister boʻlgan[6].

Remick Swoboda raqs maktabi va Hewitt maktabida oʻqigan.

Broadvay va televideniya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Remick oʻzining Broadvay teatridagi ilk debyutini 18 yoshida 1953-yilda „Be Your Age“[7] spektaklida qilgan. „Armstrong Circle Theatre“, „Studio One in Hollywood“, „Robert Montgomery Presents“, „Kraft Television Theatre“ va „Playhouse 90“ kabi teleseriallarning epizodlarida ikkinchi darajali rollarini ijro etgan.

Kino yulduzligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Remick Otto Premingerning „Anatomy of a Murder“ (1959) filmida ijro etgan obrazi bilan mashhur boʻlgan.

Remick „Wild River“ (1960) filmida suratga tushgan boʻlib, unda Montgomery Clift va Jo Van Fleet birgalikda rol oʻynagan. Oʻsha yili Richard Burton bilan „The Tempes“ filmining televizion versiyasida Miranda rolini oʻynagan.

Remick Yves Montand bilan birga „Sanctuary“ (1961) filmida rol ijro etgan. Televizorda „The Farmer’s Daughter“ (1962) filmida koʻrinish bergan. Bleyk Edvardsning „Experiment in Terror“ (1962) trillerida ham rol oʻynagan. Oʻsha yili Edvards rejissyori boʻlgan „Days of Wine and Roses“ (1962) filmidagi Jek Lemmonning spirtli ichimliklarni isteʼmol qiluvchi rafiqasi roli uchun „Eng yaxshi ayol roli“ nominatsiyasida Oscar mukofotiga nomzod boʻlgan.

Merilin Monro „Somethingʻs Got to Give“ komediyasini suratga olish paytida ishdan boʻshatilganida, studiya Remick uning oʻrniga rolni ijro etishni taklif qilgan. Remick Laurence Harvey bilan „The Wheeler Dealers“"" (1963), James Garner bilan esa „The Running Man“ (1963) filmlarida suratga tushgan.

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Nom Rol Izoh
1957 A Face in the Crowd Betty Lou Fleckum Film debyuti
1958 The Long, Hot Summer Eula Varner
1959 These Thousand Hills Callie
1959 Anatomy of a Murder Laura Manion
1960 Wild River Carol Garth Baldwin
1961 Sanctuary Temple Drake
1962 Experiment in Terror Kelly Sherwood
1962 Days of Wine and Roses Kirsten Arnesen Clay
1963 The Running Man Stella Black
1963 The Wheeler Dealers Molly Thatcher
1965 Baby the Rain Must Fall Georgette Thomas
1965 The Hallelujah Trail Cora Templeton Massingale
1965 The Satan Bug Cocktail Waitress
1968 No Way to Treat a Lady Kate Palmer
1968 The Detective Karen Leland
1969 Hard Contract Sheila Metcalfe
1970 Loot Nurse Fay McMahon
1970 A Severed Head Antonia Lynch-Gibbon
1971 Sometimes a Great Notion Viv Stamper
1973 A Delicate Balance Julia
1974 Touch Me Not Elanor
1975 Hennessy Kate Brooke
1976 The Omen Katherine Thorn
1977 Telefon Barbara
1978 The Medusa Touch Doctor Zonfeld
1979 The Europeans Baroness Eugenia Young Munster
1980 The Competition Greta Vandemann
1980 Tribute Maggie Stratton
1988 Emmaʼs War Anne Grange
2024 The First Omen Katherine Thorn Arxiv lavhalari
Yil Nom Rol izoh
1954 Studio One Jessie Benson Episode: „The Death and Life of Larry Benson“
1956 Studio One Elaine Baylee Epizod: „The Landlady’s Daughter“
1960 The Tempest Miranda
1962 The Farmer’s Daughter Katrin Holstrom
1967 Damn Yankees Lola
1972 The Man Who Came to Dinner Maggie Cutler
1972 'Summer and Smokeʼ Alma Winemiller
1973 And No One Could Save Her Fern OʻNeil
1973 The Blue Knight Cassie Walters
1974 QB VII Lady Margaret 2 ta epizod
1974 Jennie: Lady Randolph Churchill Lady Randolph Churchill 7 ta epizod
1975 Hustling Fran Morrison
1975 A Girl Named Sooner Elizabeth McHenry
1977 The Ambassadors Maria Gostrey
1978 Breaking Up Joann Hammil
1978 Ike: The War Years Kay Summersby
1978 Wheels Erica Trenton
1979 Torn Between Two Lovers Diana Conti
1979 Ike Kay Summersby
1980 Haywire Margaret Sullavan
1980 The Womenʼs Room Mira Adams
1982 I Do! I Do! She
1982 The Letter Leslie Crosbie
1983 The Gift of Love: A Christmas Story Janet Broderick
1984 Mistral's Daughter Kate Browning mini-serial
1984 A Good Sport Michelle Tenney
1984 Rearview Mirror Terry Seton
1985 Toughlove Jan Charters
1985 The Snow Queen The Snow Queen
1986 American Playhouse Eleanor Roosevelt Epizod: „Eleanor: In Her Own Words“
1986 Of Pure Blood Alicia Browning
1987 Nutcracker: Money, Madness & Murder Frances Schreuder
1988 Jesse Jesse Maloney
1988 The Vision Grace Gardner
1989 Bridge to Silence Marge Duffield
1989 Around the World in 80 Days Sarah Bernhardt 3 ta epizod
1989 Dark Holiday Gene LePere