March of Empires
March of Empires | |
---|---|
Ishlab chiqaruvchi | Gameloft |
Nashir etuvchi | Gameloft |
Chiqarilgan sana | 2015-yil 13-avgust |
Janr | RTS |
Platformalar |
PC iOS Android Windows Phone |
Boshqaruv |
Klaviatura Sichqoncha Sensorli ekran |
March of Empires (inglizcha: Imperiyalar yurishi) — real vaqt strategiya janridagi video o'yin boʻlib. Gameloft tomonidan 2015-yilda ishlab chiqilgan va nashr etilgan[1][2][3].
Oʻyin jarayoni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻyinda serverlar dengizdagi orollar sifatida tasvirlangan. Har bir orol qirollik boʻlib, unda oʻyinchilar qal’a sifatida tasvirlangan. Oʻyinning asosiy maqsadi — binolarni qurish va yaxshilash, armiyani tayyorlash va texnologiyalarni tadqiq qilish orqali shahringizni rivojlantirish.
Har bir qirollikda eng kuchli oʻyinchi imperator unvonini oladi. U boshqa oʻyinchilar amal qilishi kerak boʻlgan qonunlarni ishlab chiqishi mumkin. Shuningdek Imperator boshqa oʻyinchilarni ham Imperator maslahatchisi sifatida tayinlashi mumkin. Oʻyinda 8 ta maslahatchi unvonlari mavjud: gʻaznachi, qoʻriqchi, marshal, oʻrmonchi, skaut, arxeolog, jester va masxaraboz. Oʻyinda 5 ta turdagi resurslar mavjud: oziq-ovqat, tosh, yogʻoch, temir va kumush.
Oʻyinchi chempion tajribasini olish uchun lagerlarga hujum qilishi mumkin. Oʻyinda chempion 80 ta darajaga ega. Shuningdek oʻyinchi boshqa qal’alarga ham hujum qilishi mumkin. Oʻyinchi qal’asi 33 ta darajaga ega boʻladi.
Fraksiyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻyinni boshlashdan oldin, oʻyinchi 3 fraktsiyadan birini tanlaydi:
- Togʻli qirollar.
- Choʻl sultonlari.
- Shimoliy shohlar.
Fraksiyaning turi boʻlinmalar va binolarning tashqi koʻrinishiga, shuningdek, fraktsiya birligiga taʼsir qiladi.
Hududlar va alyanslar
[tahrir | manbasini tahrirlash]March Empires oʻyinchilar 100 dan ortiq boʻlmagan aʼzolar bilan alyans tuzishlari mumkin boʻladi. Oʻyinda diplomatiya amal qiladi. Alyans hududlari 1 dan 7 gacha darajalarga ega boʻlishi mumkin. Shuningdek alyans 20 dan ortiq hududlarni (poytaxtlarni) nazorat qilishi mumkin.
Tanqid
[tahrir | manbasini tahrirlash]Metacritic maʼlumotlariga koʻra, oʻyin tanqidchilardan oʻrtacha baholarni olgan[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Chris James. „Out at midnight: March of Empires“ (en). Pocket Gamer (2015-yil 12-avgust). 2019-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-iyun.
- ↑ Brandy Shaul. „Gameloft Launches March of Empires on Mobile“ (en). Adweek (2015-yil 13-avgust). 2019-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-iyun.
- ↑ Stuart Dredge. „20 best new iPhone and iPad apps and games this week“ (en). The Guardian (2015-yil 17-iyul). 2019-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-iyun.
- ↑ Jennifer Allen. „March of Empires Review“ (en). 148apps (2015-yil 18-avgust). 2019-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-iyun.
- ↑ Tom Christiansen. „March of Empires Review: A Game of Numbers“ (en). Gamezebo (2015-yil 17-avgust). 2019-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-iyun.
- ↑ „March of Empires“ (en). Metacritic. 2018-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-iyun.