Mikrotron
Mikrotron – bu siklotronlar turkumidan kelib chiqgan zarracha tezlatgichi tushunchasining bir turi boʻlib, unda tezlashtiruvchi maydon katta D shaklidagi elektrodlar orqali emas, balki chiziqli tezlatgich strukturasi orqali qoʻllanadi. Klassik mikrotron taxminan 1944 yilda Vladimir Veksler tomonidan ixtiro qilingan hisoblanadi.[1][2] Zarrachalarning kinetik energiyasi har bir maydon oʻzgarishida doimiy miqdorga oshiriladi. Mikrotronlar ultrarelativistik chegarada doimiy maydon chastotasi va magnit maydonda ishlash uchun moʻljallangan. Shuning uchun ular juda yengil elementar zarralar, yaʼni elektronlar uchun juda mosdir.
Mikrotronda elektronlarning ortib borayotgan impulsi tufayli zarrachalar yoʻllari har bir oʻtish uchun har xil boʻladi. Buning uchun zarur boʻlgan vaqt- oʻtish raqamiga proportsionaldir. Sekin elektronlar bitta elektr maydon tebranishini talab qiladi, tez elektronlar esa bu tebranishning butun soniga koʻpaytirilishi kerak.
Mikrotronlar impuls rejimida ham, uzluksiz rejimda ham ishlaydi. Ushbu tezlatkichlarda erishilgan chegaraviy energiya 50-100 MeV lar atrofida baholanadi. Energiyaning keyingi oshishiga magnit maydoniga qoʻyiladigan shartlar halqit beradi. Hozirgi kunda mavjud boigan mikrotronlar 4 dan 30 MeV gacha energiyaga ega. Energiya oshishi bilan mikrotronlarda intensivlik keskin tushadi. Masalan 13 MeV energiyali mikrotron impulsda 100 mA, 30 MeV energiyali mikrotronda esa atigm 0,05 mA tok beradi. Odatda oʻrtacha ok impuls qiymatidan uch tartibgacha kamdir. Mikrotronning afzalliklariga elektronlar dastasi chiqishining soddaligi, dastaning yuqori monoenergetikligi (faqat elektrostatik tezlatkichlarga yon beradi) va past energiyalarda yetarlicha yuqori intensivlilikka ega boiishi kiradi. Shuning uchun ham past energiyalarda mikrotron perspektiv turdagi elektron tezlatkich hisoblanadi. Hozirgi kunda mikrotron Samarqand davlat universitetida mavjud boʻlib, uning parametrlari quyidagicha: maksimal orbitalar soni – 22; birinchi tezlatish rejimida elektronlar maksimal energiyasi – 13 MeV; ikkinchi tezlatish rejimida – 22,5 MeV; birinchi rejimdagi oʻrtacha tok 30 mkA gacha; ikkinchi rejimda 20 mkA gacha; Impuls toki – 20 mA; impuls tokining davomiyligi – 2,3 mks; isteʼmol qiladigan quvvat – 20 kVt
Poyga maydon mikrotroni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Poyga maydon mikrotroni – bu bitta elektromagnit oʻrniga ikkita elektromagnitdan foydalanadigan kattaroq mikrotron hisobanadi. Ikkala elektromagnit ham yarim doira hosil boʻlgan hududda bir hil magnit maydonni taʼminlaydi va ikkala magnit orasidagi zarrachalar yoʻli toʻgʻri boʻladi. Buning afzalliklaridan biri shundaki, tezlatgich boʻshligʻi kattaroq boʻlishi mumkin, bu turli xil chiziqli tezlatgich (linac) shakllaridan foydalanishga imkon beradi va katta magnit maydonlari boʻlgan mintaqada oʻrnatilmaydi.
Ilovalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mikrotronlar yuqori energiyali elektron nurlarini past nurli emissiya (radiatsiya muvozanati yoʻq) va yuqori takrorlash tezligi bilan taʼminlaydi.
S-bandli mikrotron prototipi energiyasi 6,5 Mevdad 9-10 Mev gacha oshirilishi kutilmoqda buning natijasida qoʻshimcha chiqish imkoniyatlanlariga erishilishi mumkin.
Ushbu maqola Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitieti Fizika fakulteti talabasi Hasanova Shohista tomonidan Wikitaʼlim loyihasi doirasida ingliz tilidan tarjima qilindi
Maʼlumotnomalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Dehn, M.; Aulenbacher, K.; Heine, R.; Kreidel, H. -J.; Ludwig-Mertin, U.; Jankowiak, A. (2011). „The MAMI C accelerator“. The European Physical Journal Special Topics. 198-jild. 19–47-bet. Bibcode:2011EPJST.198...19D. doi:10.1140/epjst/e2011-01481-4.
- ↑ Veksler, V.I. (1944). „A New Method of Accelerating Relativistic Particles“ (PDF). Dokl. Akad. Nauk SSSR (ruscha). 43-jild. 346–348-bet. 2017-05-10da asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: 2023-05-25.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |