Murzak-Koba
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Murzak-koba — mezolit davriga oid gʻor. Qrimning Sevastopol shahri yaqinida joylashgan. 1936 yil S.N. Bibikov va Ye. V.Jirov topgan va oʻrgangan. Uning madaniy qatlamida mikrolitlar, xususan, kesgichlar, qirgʻichlar, tarashlangan tosh parrakchalar, prizmatik nukleuslar va boshqa chaqmoqtosh qurollar, suyakdan yasalgan bigizlar, teshgichlar va garpunlar uchraydi. Gʻordan kromanʼonlarning juft-juft koʻmilgan (er va xotin) qabri ochilgan. Murda chalqancha yotqizilib, qabr usti tosh bilan berkitilgan. Topilgan skeletlarning bosh suyaklari asosida antropolog M.M.Gerasimov ularning tashqi qiyofasini tiklagan. Gʻordan bugʻu, toʻngʻiz, yovvoyi qoʻy, ayiq, tulki, xonakilashtirilgan it, boʻrsiq va boshqa suyagi ham topilgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gerasi mov M.M., Lyudi kamennogo veka, M., 1964.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |