Kontent qismiga oʻtish

Nerv markazi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nerv markazi — nerv hujayralari (neyronlar) majmui. Odam, umurtqali xayvonlar va ayrim umurtkasizlar organizmining biror funksiyasini boshkarish, refleks hosil boʻlishida qatnashadi. Oddiy Nerv markazi gangliy hosil qiluvchi bir necha neyrondan tuzilgan. Yuksak darajadagi hayvonlar va odamda Nerv markazi markaziy nerv sistemasi tarkibiga kirib, bir necha ming, baʼzan bir necha mln. neyronlardan tashkil topgan. Organizmning koʻpchilik funksi-yalari markaziy nerv sistemasining turli qismlarida joylashgan bir qancha Nerv markazi tomonidan boshkariladi (Mas, koʻrish sistemasining Nerv markazi oraliqmiya, oʻrta miya katta yarim sharlari poʻstlo-gʻida joylashgan). Sezgi aʼzolari yoki boshqa Nerv markazidan nerv impulsi tarzshsh kelayotgan maʼlumotlar qar bir nerv markazining kirish kanali orqali oʻtadi. Bu maʼlumotlarni Nerv markazining neyronlari analiz va sintez qilib, ularga tegishli javob kaytaradi. Nerv markazi tarkibiga ritmni boshkaradigan neyronlar ham kirishi mumkin. Ular nerv im-pulyelarini vaqtvaqti bilan boshqarish xususiyatiga ega. Nerv markazi faoliyatiningasosiy mohiyati dominantlar prinsipiga asoslangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil