Kontent qismiga oʻtish

Noémie Lenoir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Noémie Lenoir

Lenoir 2013-yilda „Paris Chocolate Show“ festivalida
Tavalludi 19-sentyabr 1979-yil (1979-09-19) (45 yosh)
Fuqaroligi Fransiya
Bolalari 2
Modellik
Boʻyi 1.77 m[1]
Soch rangi Qora[1]
Koʻz rangi Jigarrang[1]
Agentlik
  • Ford Models (Nyu-York)
  • Next Model Management (Parij)
  • Models 1 (London)
  • Elite Model Management (Barcelona)
  • Model Management (Gamburg)[2]

Noémie Lenoir (1979-yil 19-sentyabrda tugʻilgan[3]) – fransuz modeli va aktrisasi. U Gucci, L’Oréal, Next, Gap, Tommy Hilfiger, Victoria’s Secret, Balmain Paris Hair Couture va Marks and Spencer brendlari bilan hamkorlik qilgan.

Lenoir 1979-yil 19-sentyabrda Fransiyaning Les Ulis shahrida tugʻilgan[4]. Uning onasi farrosh boʻlib ishlagan. U Hind okeanidagi Fransiyaning Reyunion orolidan kelgan. U afrikalik boʻlib, hind millatiga mansub boʻlgan. Otasi esa fransuz elektrchisi boʻlgan[4]. Lenoir 17 yoshida Nyu-Yorkdagi Ford Models agentligida modellik qila boshlagan.

Parij yaqinidagi tumanlardan birida oʻsib ulgʻaygan Lenoir 1997-yilda 17 yoshida Ford Models agentligi bilan hamkorlikda modellik karyerasini boshlagan[5]. U 1997-yilda L’Oréal bilan shartnoma imzolagan hamda oʻshandan beri Laetitia Casta va Andie MacDowell bilan birga ularning reklamalarida ishtirko etib keladi. U, shuningdek, Victoria’s Secret, Gap, Next va boshqa koʻplab kompaniyalar bilan ishlagan.

Lenoir 2009-yilgi Rojdestvogacha toʻrt yil davomida Buyuk Britaniyaning Marks & Spencer brendining yuzi boʻlgan hamda Erin O‘Konnor, Twiggy va Laura Bailey kabi boshqa modellar bilan birga turli Britaniya televideniyesi reklamalari, jurnallari va billbordlarida ishtirok etib kelgan[6]. Lenoir 2012-yilda Marks & Spencer reklamalariga qaytgan[7].

2007-yilda Lenoir aktyorlar Jackie Chan va Chris Tucker bilan birga „Rush Hour 3“ filmida rol ijro etgan. 2009-yilda esa Lenoir Usherning „Hey Daddy (Daddy’s Home)“ singli uchun ishlangan klipda suratga tushgan[8].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Repper Stomi Bugsi bilan kechgan munosabatlaridan soʻng, u futbolchi Klod Makele bilan birga yashagan[9]. Ularning bitta oʻgʻli bor[9]. 2009-yilning boshida ular boshida ajralishgan[10]. Lenoir 2015-yil avgust oyida ikkinchi, qiz farzandini dunyoga keltirgan[11].

Oʻz joniga qasd qilishga urinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yil 9-mayda Lenoir oʻzining Parijdagi uyi yaqinidagi bogʻda hushsiz holda topilgan. U shifoxonaga olib kelingan, u yerda Lenoir katta miqdorda giyohvand moddalar va spirtli ichimliklar isteʼmol qilgani aniqlangan[12][13][14]. U 2011-yil fevral oyida Britaniyaning Guardian Weekend jurnaliga bergan intervyusida oʻz joniga qasd qilishga urinish haqida gapirib, haqiqatan ham ahmoqona ish qilganini tan olgan[5]. Baʼzilar bu voqeani oʻsha paytda moda olamida davom etayotgan Ambrose Olsen, Daul Kim, Tom Nicon, Hayley Kohle va Ruslana Korshunovalarning oʻz joniga qasd qilishlari bilan birga, „oʻz joniga qasd qilish fojialari“ seriyasidagi navbatdagi holat sifatida taʼkidlagan[15].

Televizion loyihalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Britainʼs Next Top Model, Cycle 6 – (1-qism, 2010-yil 19-iyul)
  • Danse avec les stars – ishtirokchi (2013)

Lenoir ikki yil davomida Trace TV telekanalining shoularidan birida boshlovchilik qilgan. U 2009-yilda Irlandiya va Buyuk Britaniyada efirga uzatilgan Marks and Spencer Christmas TV televideniyesining uchta reklamasida ishtirko etgan[16]

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Film Rol Rejissyor Izoh
2002-yil Asteriks va Obeliks: Kleopatra missiyasi Guimieukis Alain Chabat
2003-yil Gomez & Tavarès Gina Gilles Paquet-Brenner
2004-yil After the Sunset Mooréning qizi Brett Ratner
Jeff et Léo, flics et jumeaux Anna Étienne Dhaene Teleserial (1 ta qismda)
2006-yil The Valet Karine Francis Veber
2007-yil Rush Hour 3 Geneviève Brett Ratner
Gomez vs. Tavarès Gina Gilles Paquet-Brenner & Cyril Sebas
2014-yil Scènes de ménages Isabelle Francis Duquet Teleserial (1 ta qismda)
2015-yil The Transporter Refueled Maissa Camille Delamarre
2018-yil Alad’2 Styuardessa Lionel Steketee
2020-yil Qu’est-ce qu’on va faire de toi, Maman ? Anne Roumanoff
Capitaine Marleau Josée Dayan Teleserial (1 ta qismda)
  1. 1,0 1,1 1,2 „Noemie Lenoir“ Fashion Model Directory
  2. „Noemie Lenoir - Model“. MODELS.com.
  3. „Noémie Lenoir“, 18 March 2009, NRJ (fransuzcha).
  4. 4,0 4,1 Média, Prisma „Noémie Lenoir - La biographie de Noémie Lenoir avec Gala.fr“ (fr). Gala.fr (2018-yil oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 11-iyul.
  5. 5,0 5,1 „Noémie Lenoir: 'Last May I did something really stupid'“, 19 February 2011, The Guardian
  6. „M&S model Noemie's cropped hair horror“ (en). www.standard.co.uk (2012-yil 11-aprel). Qaraldi: 2021-yil 11-iyul.
  7. „Marks & Spencer | Media | Press releases | M&S BRINGS BACK CUSTOMERS' FAVOURITE FACES TO KICKSTART a VERY BRITISH SUMMER“. 2012-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 10-aprel.
  8. Média, Prisma „Noémie Lenoir - La biographie de Noémie Lenoir avec Voici.fr“ (fr). Voici.fr (2019-yil aprel). Qaraldi: 2021-yil 11-iyul.
  9. 9,0 9,1 „Noémie Lenoir brise le silence sur sa tentative de suicide - Elle“ (fr). elle.fr (2019-yil 29-mart). Qaraldi: 2021-yil 11-iyul.
  10. „The Troubled Life of Supermodel Noemie Lenoir“ (en). ABC News. Qaraldi: 2021-yil 11-iyul.
  11. Fikes, Robert „Noémie Lenoir (1979- ) •“ (en-US) (2016-yil 19-iyul). Qaraldi: 2021-yil 11-iyul.
  12. Hodge, Katie; Clarke, Josie „M&S model Noemie Lenoir recovers after 'suicide bid'“. The Independent (2010-yil 13-may).
  13. „Marks and Spencer's model Noemie Lenoir 'attempts suicide'“. The Telegraph (2010-yil 12-may).
  14. „Model Noemie Lenoir Attempts Suicide in Paris“. Indiavision news (2010-yil 12-may). 2012-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 28-avgust.
  15. „Why are so many models attempting suicide? Lives of top catwalkers fraught with pressure: experts“, NY Daily News, 18 May 2010.
  16. isk8uk „Marks & Spencer Christmas Advert 2009“. 2021-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.