Kontent qismiga oʻtish

O‘zbekiston bolalar tashkiloti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
"O‘zbekiston bolalar tashkiloti"
O‘zbekiston bolalar tashkiloti
Turi Nodavlat notijorat tashkiloti
Ishga tushgan sanasi 16-aprel, 2024-yil (5 oy avval) (2024-04-16)
Joylashuvi Toshkent shahri, Navoiy shoh koʻchasi, 11A-uy
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Raisi Xasanboy Nabiyev
Til(lar)i oʻzbek

Oʻzbekiston bolalar tashkiloti – oʻn yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan bolalarni birlashtiruvchi, bolalarni intellektual, maʼnaviy va jismoniy rivojlanishni samarali tashkil etish bilan shugʻullanuvchi tashkilot[1][2][3].

2001-yil 23-mayda Kamalak bolalar tashkiloti sifatida tashkil topgan.

2024-yil 16-aprel oyida „Kamalak“ bolalar tashkiloti negizida „Oʻzbekiston bolalar tashkiloti“ Adliya vazirligidan roʻyxatdan oʻtkazildi[4][5].

Tashkilot faoliyatining asosiy maqsadi – bolalarni vatanga muhabbat, intellektual, ijodiy, jismoniy va maʼnaviy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi, ularning taʼlim olish va dam olishiga boʻlgan huquqlarini roʻyobga chiqarish uchun zarur shart-sharoit yaratishdan iborat[6].

Oʻzbekiston bolalar tashkilotining vazifalari „Oʻzbekiston bolalar tashkiloti“ nodavlat notijorat tashkiloti Ustaviga muvofiq belgilangan.

Tashkilot oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining „Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida“, „Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida“, „Bola huquqlari toʻgʻrisida“ gi Konvensiya, "Bola huquqlari kafolatlari toʻgʻrisidagi " gi qonun va nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar hamda „Oʻzbekiston bolalar tashkiloti“ nodavlat notijorat tashkiloti Ustavi asosida amalga oshiradi.

Tashkilot Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida oʻzining hududiy boʻlimlariga egadir.

Tashkilotning bosh shiori: „Vatan, doʻstlik va baxtli bolalik uchun!“

I Respublika bolalar forumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yil 19-23-may kunlari Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi „Yoshlar“ oromgohida hamda Toshkent shahridagi „Yoshlar ijod saroyi“da Oʻzbekiston bolalar tashkilotining I Respublika bolalar forumi tashkil etildi[7][8].

Forumda Respublikaning barcha hududlaridagi 337 312 nafar sardorlardan saralangan 350 nafar ishtirokchilar uchun „Qadriyat, urf-odat, anʼana va bolalar!“, „Zakovat“ intellektual oʻyini, „Quvnoqlar va zukkolar“ bellashuvi, „Eng namunali Sardorlar Kengashi“ tanlovi, „Plogging“ ekologik aksiyasi, „Eng yaxshi loyihalar“ tanlovlari, shuningdek, mahoratli trenerlar tomonidan 10 dan ortiq oʻquv-seminarlar tashkil etildi.

„Rahbar va bolalar“ uchrashuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

I Respublika bolalar forumi doirasida, 2024-yil 23 may kuni Toshkent shahrida joylashgan „Yoshlar ijod saroyi“da Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi, Yoshlar ishlari agentligi direktori, Raqamli texnologiyalar vaziri, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, Oliy majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (bolalar ombudsmani) ishtirokida bolalar bilan „Rahbar va bolalar“ uchrashuvi boʻlib oʻtdi[9][10].

  1. „O‘zbekistonda bolalar tashkilotini tuzish taklif etilmoqda“ (2023-yil 16-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 24-sentyabr.
  2. „«O‘zbekiston bolalar tashkiloti» tuziladi“ (2023-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 24-sentyabr.
  3. „O‘zbekistonda bolalar tashkiloti tashkil etiladi“ (2023-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 24-sentyabr.
  4. „Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston bolalar tashkiloti nodavlat notijorat tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.“ (2024-yil 19-aprel). Qaraldi: 2024-yil 24-sentyabr.
  5. „“Kamalak” bolalar tashkiloti negizida O‘zbekiston bolalar tashkiloti tuzildi“ (2024-yil 20-aprel). Qaraldi: 2024-yil 24-sentyabr.
  6. „Bolalar tashkiloti tuziladi“ (2023-yil 15-dekabr). — „Bolalarning koʻnikmalari, qiziqishlari va isteʼdodini rivojlantirish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston bolalar tashkilotini tuzish taklif etildi.“. Qaraldi: 2024-yil 25-sentyabr.
  7. „10 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan iqtidorli bolalar uchun I Respublika bolalar forumi“ (2024-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 24-sentyabr.
  8. „Birinchi respublika bolalar forumi doirasida “Rahbar hamda yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi“ (2024-yil 23-may). Qaraldi: 2024-yil 24-sentyabr.
  9. „Vazir Bolalar forumi doirasida tashkil etilgan “Rahbar va bolalar” uchrashuvida qatnashdi“ (2024-yil 23-may). Qaraldi: 2024-yil 24-sentyabr.
  10. „Биринчи республика болалар форуми доирасида “Раҳбар ҳамда ёшлар” учрашуви ташкил этилди“ (2024-yil 25-may). Qaraldi: 2024-yil 24-sentyabr.