Kontent qismiga oʻtish

Parazitologiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Parazitologiya (parazit va ... logiya) — parazit organizmlar sistematikasi, morfologiyasi, biologiya si va ekologiyasi, parazit va xoʻjayin oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni, odam, hayvon va oʻsimliklarda parazitlar qoʻzgʻatadigan kasalliklarni va ularga karshi kurash usullarini oʻrganadigan biologiya fanlari kompleksi. P. parazitning tuzilishi, hayot kechirishi, parazit yashashga moslashishi, rivojlanishi va geografik tarqalishini oʻrganadi.

P. muammolari biologiyaning umumiy muammolari bilan uygʻunlashib ketgan. Jumladan, parazitlarning morfologik va fiziologik moslashish muammolarini oʻrganish "tur"ni nozologik jihatdan tushunish uchun asos boʻlib hisoblanadi. Amaliy jiqatdan P., pa-razitar kasalliklarga qarshi kurashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish orqali odam va hayvonlarning salomatligini saqlashga hamda oʻsimliklarni himoya qilishga qaratilgan.

Hayvonot dunyosiga mansub parazitlar zooparazitlar, ular paydo qiladigan kasalliklar invazion kasalliklar; oʻsimliklarga mansub parazitlar fitoparazitlar, ular keltirib chiqaradigan kasalliklar infeksion kasalliklar deyiladi. Binobarin, kasalliklarni infeksion va invazion deb tasniflash, kasallik qoʻzgʻatuvchisining hayvonot yoki oʻsimlik dunyosiga mansubligiga asoslangan. Hayvonot va oʻsimlik dunyosiga mansub parazitlarni lshkrobiologiya, epizzotologiya, mikologiya, fitopatologiya kabi fanlar oʻrganadi. Oʻsimliklar tarkibidan alohida guruh viruslar — vira ajratilgan. Xalq xoʻjaligidagi ahamiyatiga koʻra, P. umumiy P., tibbiyot P.si, agronomiya P.si, veterinariya P.siga ajratiladi. Umumiy P. shu fanning nazariy asoslari boʻlib, tirik organizmlarning oʻzaro munosa-batlarini, parazit organizmlar sis-tematikasi, parazitar kasalliklar pa-togenezi, davosi va oldini olish tad-birlarini oʻrganadi. Odamlarda kasallik paydo qiluvchi parazitlarni tibbiyot P.si, madaniy oʻsimliklarda parazitlik qiluvchi gelmintlar va boʻgʻimoyoklilarni agronomiya P.si oʻrga-nadi va ularga karshi kurash choralarini ishlab chiqadi. Parazitologiya hayvonlari parazitlari va ular keltirib chikaradigan kasalliklarni oʻrganadigan hamda qarshi kurash usullarini ishlab chikadigan fan veterinariya P.si deb ataladi. Veterinariya P.si, oʻz navbatida, parazit bir hujayralilarni oʻrganadigan protozoologiya, parazit chuvalchanglarni oʻrganadigan gelmintologiya, oʻrgimchaksimonlar va hasharotlarni oʻrganadigan araxnoentomologiya fanlariga ajratiladi.

P. zoologiya bilan chambarchas bogʻliq. Parazitlar morfologiyasi va sistematikasini bilish invazion kasalliklarga diagnoz qoʻyish uchun zarur; ularning biologiyasi va ekologiyasini oʻrganish esa uygʻunlashgan kurash choralarini ishlab chiqishning asosi hisoblanadi. P. epizootologiya va epidemiologiya, fiziologiya, biokimyo, farmakologiya, toksikologiya, immunologiya, patologik anatomiya va boshqa biologiya, tibbiyot, veterinariya, qishloq xoʻjaligi fanlari bilan ham bogʻlangan. Zamonaviy P. biokimyo, immunologiya, elektron mikroskopiya, molekulyar biologiya va boshqa fanlarning tekshirish metodlaridan foydalanadi.

Parazit organizmlar toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar buyuk vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino asarlarida uchraydi. Olim "Tib krnunlari"da askarida, ostritsa va rishta kabi parazit chuvalchanglar paydo qiladigan kasalliklar va ularni davolash toʻgʻrisida anik, maʼlumotlar beradi.

P. 19-asrga kelib mustaqil fan sifa-tida shakllana boshladi. Bu mikroskopning takomillashuvi, koʻplab mikro-skopik parazitlarning kashf etilishi va parazitlarning hayot sikllari oʻrganilishi bilan bogʻliq. Oʻrta Osiyoda parazitologiyaga oid maʼlumotlar 19-asrning 2yarmida Turkiston oʻlkasi boʻylab sayoxat qilgan rus naturalist olimi A. P. Fedchenko asarlarida uchraydi. U Buxoro, Samarqand va Toshkentda boʻlib, har xil hayvonlarning parazit chuvalchanglarini yigʻadi. Yi-gʻilgan materiallarni Daniya va Germaniya mutaxassislari yordamida ishlash natijasida, ularning 24 turga mansub ekanligi aniklanadi. 20-asr boshlarida Oʻzbekistonda P. sohasidatadqiqotlarning rivojlanishi rus olimlari K. I. Skryabin, Ye. N. Pavlovskiy, V. A. Dogel, N. V. Badanin, L. M. Isayev va boshqalarning nomi bilan bogʻliq.

Oʻzbekistonda P. fani, yuqorida taʼkidlaganimizdek, 4 yoʻnalish boʻyicha shakllanib, nazariy va amaliy muammolarni xal etib kelmoqda: 1) umu-miy P.; 2) tibbiyot P.si; 3) veterinariya P.si; 4) agronomiya Parazitologiya Umumiy P. boʻyicha olib borilgan tadqiqotlar M. A. Sultonov, E. I. Gan, S. O. Osmanov, M. K. Qodirova, Q. S. Samadov, J.

A. Azimov, T. K. Qobilov, S. Dadayeva, O. Davronov va boshqalarning ishlari bilan boglik. Tibbiyot P.si soxasidagi tadqiqotlarning rivojlanishiga L. M. Isayev, B. M. Sodiqov, P. M. Lerner, V. R. Le-melev, N. A. Dehqonxoʻjayeva va boshqa hissa qoʻshgan. Veterinariya P.si sohasida N. V. Badanin, E. X. Ergashev, N. M. Matchanov, Sh. A. Azimov, R. X. Xaitov, B. S. Salimov, A. O. Oripov, A. Roʻzimuro-dov, M. Aminjonov, G. S. Poʻlatov va boshqa tadqiqot olib borishgan. Agronomiya P.si sohasidagi tadqiqotlarni 20-asrning 30-yillarida Ye. S. Kiryanova boshlab bergan. Keyinchalik fitogel-mintologiya deb atala boshlagan bu fanning rivojlanishida A. T. Tulaganov va shogirdlarining xizmatlari katta boʻldi. O. Mavlonov, 3. Norbo-yev, Sh. Xurramov, O. 3. Usmonova, A. I. Zemlyanskaya, E. P. Azizova va boshqa fito-gelmintologlar olib borgan tadqiqotlar tufayli eng muhim qishloq xoʻjaligi ekinlari fitonematodalarining taksonomik tarkibi, biologiyasi, tarqalishi oʻrganil-di va ularga qarshi kurash choralari ishlab chiqildi. P. sohasidagi tadqi-qotlar Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya ilmiy tadqiqot institutida, Fanlar akademiyasining Qoraqalpogʻiston filiali boʻlimlarida, Oʻzbekiston Veterinariya ilmiy tadqiqot institutida, universitetlar, qishloq xoʻjaligi va tibbiyot institutlari krshidagi ka-fedralarda olib boriladi.