Pisistrat
Qiyofa
Pisistrat (? - miloddan avvalgi 527) - afinalik tiran (hokim). 560 yildan 527 yilgacha (tanaffuslar bilan) hokimlik qilgan. Dehqonlar va savdo-hunarmandlar tabaqasi manfaati yoʻlida islohotlar oʻtkazgan (yevpatriylardan musodara qilingan yerlarni qishloq kambagʻallariga boʻlib berilishi, davlat tangalarini (P. tetradraxmasi) zarb qilinishi, urush nogironlariga davlat nafaqasi belgilanishi va boshqalar). Yollanma qoʻshin tuzgan, jamoat insho-otlari (bozor, vodoprovod, Pirey gavani, ibodatxonalar va boshqalar) qurilishini tashkil etgan. P. davrida Afina Yunonistonning madaniy markaziga aylangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |