Kontent qismiga oʻtish

Qozoqboy Yoʻldoshev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qozoqboy Yo‘ldoshev Bolibekovich
Tavalludi 9-may 1949-yil (1949-05-09) (75 yosh)
Sirdaryo viloyati
Fuqaroligi O‘zbekiston
Taʼlimi 1966–1970-yillar Guliston davlat universiteti
Ilmiy darajasi Filologiya fanlari nomzodi, pedagogika fanlari doktori.
Ilmiy unvoni Professor
Dini Islom

Qozoqboy Yoʻldoshev (1949-yil, Sirdaryo) — adabiyotshunos olim, pedagogika fanlari doktori, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professori.

Qozoqboy Yoʻldoshev 1949-yil 9-mayda Sirdaryo viloyatida tugʻilgan. 1956–1966-yillarda Boyovut tumanidagi 8-oʻrta maktabda tahsil olgan.1966–1970-yillarda Gʻafur Gʻulom nomidagi Sirdaryo davlat pedagogika institutining oʻzbek filologiyasi fakultetini imtiyozli bitirgan.

1970–1977-yillarda Guliston tumanidagi 1–15-maktablarda til va adabiyot oʻqituvchisi. 1977–1979-yillarda 9-hunar texnika bilim yurtida oʻquv boʻlimi mudiri, direktor oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 1980–1985-yillarda Oʻzkompartiya Guliston raykomida instruktor, qishloq xoʻjalik xodimlari kasaba uyushmasi Guliston raykomi raisi, „Qizil tong“ kolxozi parkomi kotibi lavozimlarida ishladi. 1986–1994-yillarda Guliston davat universtiteti oʻqituvchisi, katta oʻqituvchisi, dotsent, „Pedogogika va boshlangʻich taʼlim metodikasi“ kafedrasi mudiri, „Oʻzbek filologiyasi“ fakulteti dekani lavozimlarida mehnat qildi.

1994-yildan 1998-yilgacha Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbek pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida boʻlim mudiri, ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari boʻlib ishlagan.1998-yilning aprelidan 2000-yilning avgustigacha Oʻzbekiston Milliy universtiteti „Oʻzbek filologiyasi“ fakulteti dekani boʻldi. Shundan soʻng Qozoqboy Yoʻldoshev hozirga qadar „Matnshunoslik, milliy uygʻonish davri va hozirgi oʻzbek adabiyoti“ kafedrasi professori boʻlib ishlaydi.[1]

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1985-yilda „Oʻzbek sovet satirik hikoyalarida xarakter tasviri evolugʻiyasi“ mavzusida filologiya fanlari nomzodi, 1997-yilda esa „Yangicha pedagogik tafakkur va umumtaʼlim maktablarida adabiyot oʻqitishning ilmiy-metodik asoslari“ mavzusida pedagogika fanlari doktori ilmiy darajalari uchun dissertatsiya yoqladi. 2000-yilda professor ilmiy unvoniga sazovor boʻldi. Qozoqboy Yoʻldoshev ilmiy rahbarligida 3 nafar fan doktori, 8 nafar fan nomzodi va filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori tayyorlangan.[2] U hozirgi kungacha 35 ta kitob va 393 nomda ilmiy maqolalar muallifidir,[1]

  • Kiyik soʻqmoqdagi yoʻlovchi (2014);
  • Soʻz yolqini (2018);
  • Jilovlanmagan tafakkur mahsuli (2024).[3]
  • Oʻzbek adabiyoti antologiyasi.-Toshkent: Adabiyoti sanʼati.-2022.-276 b.
  1. 1,0 1,1 „Qozoqboy Yo‘ldoshev“. Qaraldi: 5-fevral 2024-yil.
  2. „QOZOQBOY YO'LDOSHEV ILMIY MAKTABI“. Qaraldi: 5-fevral 2024-yil.
  3. „“Jilovlanmagan tafakkur mahsuli” – millat uchun qayg‘urish namunasi“ (11-yanvar 2024-yil). Qaraldi: 5-fevral 2024-yil.