Radiozond
Qiyofa
Radiozond (radio va zond) — erkin atmosferada meteorologik elementlar (bosim, temperatura, namlik)ni oʻlchaydigan va shu ondayoq oʻlchash natijalarini radiosignallar orqali Yerga uzatadigan aerologik asbob. Yerdagi qabul qiluvchi radiopriyomnik orqali olingan signallarga ishlov berilib, atmosferaning turli balandliklaridagi (30–40 km gacha) meteorologik elementlar haqida maʼlumot olinadi. R. vodorod bilan toʻldirilgan yupqa rezinali havo shari yordamida uchiriladi.
Rus meteorologi P.A. Molchanov ixtiro qilgan R. 1930-yil 30 yanvarda dunyoda birinchi marta Pavlov aerologik rasadxonasidan (Sankt-Peterburg yaqinida), Toshkentda esa R. birinchi marta 1935-yil 10 noyabrda osmonga chiqarilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |