Kontent qismiga oʻtish

Salat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Salat (pazandachilikda) — turli sabzavotlar va mevalardan, tuxum, goʻsht va boshqa qoʻshib tayyorlanadigan yaxna taom. Salatning alohida turlariga goʻsht, qazi, tuxum, qaymoq, qatiq, ziravor, oshkoʻki va boshqa ham qoʻshiladi. Salat taom xazmini yengillashtiradi, uni vitaminlar bilan boyitadi. Oʻzbek pazandachiligida maxsus texnologiya bilan tayyorlanadigan turlari — goʻshtli, sabzavotli, pishlokli, mevali va boshqa Salatlar bor. Bulardan eng ommalashgani: achchshchuchuk (shakarob).

Toshkent Salati — oʻsimlik moyi dogʻlanib piyoz jazlanadi va xona haroratigacha sovitiladi, turp somoncha usulida nafis toʻgʻralib, issiq suvda bir chaykab yuboriladi va 1—2 soatcha suvga solib koʻyiladi. Qaynatib pishirilgan mol goʻshti somoncha usulida toʻgʻraladi. Goʻshtni va piyozdogʻni turpga aralashtirib tuz va murch sepib, taʼmi rostlanadi. Dasturxonga salat idishlarida ustidan qaymoq quyib, yuzini goʻsht, turp va tuxum boʻlaklari bilan bezab, chakilgan oshkoʻklar sepib tortiladi; suzmali Salat— barra piyoz, rayhon, kashnich, ukrop sovuq suvda yuvilib, mayda qirqiladi, suzmaga bir oz qoʻshib, yaxshilab eziladi; ustidan tuz, tuyilgan zira, qalampir sepiladi va suzmaga aralashtiriladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Tashqi aloqalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Salata Cheshiter