Sambitgul
Sambitgul (Nerium oleander) — kendirdoshlar oilasiga mansub doimyashil buta yoki kichikroq daraxt. Vatani — Kichik Osiyo. Oʻrta dengiz boʻyida va Osiyoning subtropiklarida 5 turi uchraydi. Qrim va Kavkazda, Qora dengiz boʻylarida, Oʻrta Osiyoda manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi. Boʻyi 2–5 m, bargi qalin, toʻq yoki och yashil nashtarsimon. Guli 3—7,5 sm kattalikda, yirik, qatmaqat boʻlib, ok, pushti yoki kizil, baʼzan sariq, xushboʻy, novda uchida toʻpgul hosil qiladi. Iyul—avgustda gullaydi. S.ning hamma qismi zaharli. Poʻstlogʻi va barglarida yurak kasalliklarida ishlatiladigan neriin, neriantin, oleandrin va boshqa glikozidlar bor. S. qadim zamonlardan beri koʻpgina mamlakatlarda uyda va parkxiyobonlarda manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Urugʻi va qalamchasidan oson koʻpayadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |