Kontent qismiga oʻtish

Sarvar Azimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sarvar Oimjonovich Azimov
Oʻzbekiston SSR Madaniyat vaziri
Mansab davri
1957-yil – 1959-yilgacha
Oʻzbekiston SSR Tashqi ishlar vaziri
Mansab davri
1959-yil – 1969-yilgacha
Oʻtmishdoshi Gʻani Sultonov
Vorisi Minavar Tursunov
Oʻzbekiston SSR Tashqi ishlar vaziri
Mansab davri
1988-yil –  1991-yil 11-sentabrgacha
Oʻtmishdoshi Sobir Qurbonov
Vorisi Shahlo Mahmudova
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 20-may 1923-yil
Jizzax shahri, Oʻzbekiston SSR
Vafoti 23-fevral 1994-yil(1994-02-23)
(70 yoshda)
Toshkent shahri, Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston SSR, Sovet Ittifoqi, Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Siyosiy partiyasi 1953-yildan – 1991-yilgacha Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzosi

Sarvar Olimjonovich Azimov (20-may 1923-yil, Jizzax – 1994-yil, Toshkent) Taniqli sovet va oʻzbek yozuvchisi, shuningdek davlat arbobi va diplomat. Istedodli shoir Hamid Olimjonning kenja ukasi. Rossiyalik diplomat Anvar Azimovning otasi[1].

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973). Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1983). Filologiya fanlari doktori (1968). Oʻrta Osiyo davlat universitetini tugatgan (1946). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, sektor mudiri, direktor oʻrinbosari (1948 – 55). OʻzKP MK fan va madaniyat boʻlimi mudiri (1955–56). Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi birinchi kotibi (1957-58, 1980-85), Oʻzbekiston SSR madaniyat vaziri (1958– 59), Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi oʻrinbosari va Oʻzbekiston SSR Tashqi ishlar vaziri (1959-69, 1988-91). Sobiq SSSRning Livandagi (1969–74), Pokistondagi (1974–80) favqulodda va muxtor elchisi. A. pesalar ("Qonli sa-rob", 1964; "Yulduzlar jamoli", 1966; "Zamon dramasi", 1968), qissalar ("Ka-malak", 1964; "Ikki dil – ikki olam", 1967), hikoyalar, kinossenariylar mu-allifi. U adabiy jarayon masalalariga bagʻishlangan adabiy-tanqidiy va publi-sistik maqolalar yozdi. Hamid Olimjon ijodini tadqiq etdi.As: Saylanma, 2 jildli, T., 1988.[2]

1946-yilda Oʻrta Osiyo Davlat Universiteti (Hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti)ning Filologiya fakultetini tamomlagan, Filologiya fanlari doktori. 1953-yildan Kommunistik partiyasi aʼzosi. Favqulodda va muxtor elchi diplomatik martabasiga ega. 1973-yilda Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, 1983-yilda esa Oʻzbekiston xalq yozuvchisi[3].

  1. биография
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. литература