Kontent qismiga oʻtish

Seul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Seouldan yoʻnaltirildi)
서울
Seul
Andoza:Koyreyscha nom ma'lumot qutisi/NomQuti
Qisqa Nomi
Andoza:WikifyQalin matn
Statistika
Axolisi (2007)10,421,782 (Metropolitan area 23 million) [1]
HukumatiSeul Metropoliten Hukumati
M'erO Se Xun
Ma'muriy Tumanlari25 gu
TumanSeoul National Capital Area
ShevaSeul shevasi
Joylashuv Haritasi
Seulning joylashuv haritasi.
Seulning joylashuv haritasi.

SeulKoreya Respublikasining poytaxti. Xangan daryosi boʻyida, Sariq dengiz qirgʻogʻidan 100 km ichkarida. Iqlimi mussonli iqlim, yanvarning oʻrtacha temperaturasi—6,2°, iyulniki 24,7°. Yillik yogʻin 1200 mm. Aholisi 10,6 mln. kishi (1998). Seul avanporti — Inchxon bilan birgalikda provinsiya huquqiga tenglashtirilgan alohida maʼmuriy birlik va yirik iqtisodiy rayonni tashkil etadi.

Seul ilk oʻrta asrlarda harbiy qalʼa sifatida vujudga kelgan. 14-asr oxirigacha kichikroq savdo shahri boʻltan. Mamlakatda Li sulolasi vujudga kelgach (1392), Seul — Koreya poytaxti. 1592—93 yillarda Seulni yaponlar bosib olib, vayron qilgan. 1905-yildan Seul Yaponiyaning Koreyadagi bosh rezidentining, 1910-yildan generalgubernatorining, 1948-yildan Janubiy Koreya xukumati bosh qarorgohi.

Seul — transport yoʻllarining yirik tuguni, dare porti. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Inchxon shahri bilan birgalikda mamlakatda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining deyarli 50% ni beradi. Elektrotexnika, radioelektronika, kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chikariladi. Metallurgiya sanoati rivojlangan. Metropoliten bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan 3 yarusli marmar Xyonmyotxap ibodatxonasi (1085), 8 darvozali shahar devori qolldiqdari (19-asr oxirigacha Seul baland mudofaa devori bilan oʻralgan edi), Kyonbokkun saroy majmuasi (1394), Vongaks ibodatxona pagodasi (1467) va boshqa sakdangan. Seul — mamlakatning madaniy markazi: Davlat universiteti (1946), xususiy universitetlar, institutlar, teatr va xoreografiya institutlari, Milliy fanlar akademiyasi, ilmiy tadqiqot institutlari, kutubxonalar, muzeylar, kartinalar galereyasi, teatrlar bor. 1988-yilda Seulda 14-Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtgan.[2]