Serial qotil
Qiyofa
Serial qotil (inglizcha: serial killer) - uchtadan ko'proq inson o'ldirgan shaxs.
Serial qotilliklarga quyidagilar kirmaydi:
- buyurtma qotilliklar
- taomilli qotilliklar
- harbiy harakatlar jarayonida sodir boʻlgan qotilliklar
- qimmatli narsalarga ega bo'lish maqsadida amalga oshirilgan qotilliklar
- ommaviy qotilliklar
- mafkuraviy ishonishga ko'ra (terror, maktabdagi otishmalar)
Serial qotil termini birinchi martta 1976-yil Theodore Bundyni shaxsiyatini ta'riflashda ishlatilgan.
AQShda serial qotillarning ko'pchiligi (73 %) oq erkaklar boʻlgan bo'lib, aksariyat qismi past tabaqalardan chiqgan. [1]
Serial qotillar klassifikatsiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sababiga ko'ra
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Hukmronlik ovchilari — o'zidan kuchsiz, ojiz qurbonlarni tanlab, o'zidagi kamchiliklarni shu yo'l bilan to'ldirish. ( Bob Berdella, David Berkowitz).
- Gedonistlar — jinsiy ehtiyojlarini qondirish, zavq olish maqsadida o'ldiruvchi qotillar (Jeffrey Dahmer, John Wayne Gacy).
- «Vizionerlar» — ruhiy holati joyida bo'lmagan, asosan shizofreniklar. Misol - Kaliforniyada zilzilani oldini olish uchun unga eshitilgan "ovoz"ni aytganini qilib 13 kishini o'ldirgan paranoid-shizofrenik Garbert Mallin.
- «Missonerlar» — o'zlarini qasoskor deb ataydigan, ommani fohisha, gomoseksual, yahudiy kabi "iflosliklar"dan tozalaydiganlar. (Joe Franklin, John Bodkin Adams)
Usuliga ko'ra
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Uyushtirilgan (misol - Andrey Chikatilo)
- Uyushtirilmagan
Mashhur serial qotillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Theodore Robert Bundy
- Ed Gein
- Jeffrey Lionel Dahmer
- Jack the Ripper
- Albert Fish
- Andrey Romanovich Chikatilo
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Serial qotillar haqida ruscha sayt (Wayback Machine saytida 2007-10-17 sanasida arxivlangan)
- Serial qotillar haqida turkcha sayt (Wayback Machine saytida 2007-10-10 sanasida arxivlangan)