Kontent qismiga oʻtish

Sfera

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sfera

Sfera (qadimgi yunoncha: σφαῖρα) — barcha nuqtalari fazoning biror O nuqtasidan bir xil R masofada yotadigan berk sirt, O nuqta Sfera markazi, Sfera markazini uning biror nuqtasi bilan tutashtiruvchi R kesma Sfera radiusi deyiladi. Sfera markazidan oʻtuvchi tekislik uni katta aylana boʻylab kesadi. Sferaga oʻtkazilgan urinma tekislik urinish nuktasiga oʻtkazilgan radiusga tik boʻladi. Yuzi 4πR2 ga teng. Fazoning Sfera bilan chegaralangan va uning markazini oʻz ichiga olgan qismi shar deyiladi. Sharning hajmi V — 4/3πR3 formula bilan ifodalanadi.