Shimoliy orol
Geografiya | |
---|---|
Maydoni | 113 729 km2 |
Dengiz sathidan balandligi | 2797 m. |
Eng baland nuqtasi | Mount Ruapehu |
Ma'muriyat | |
Davlat | Yangi Zelandiya |
Mintaqa | Yangi Zelandiya |
Demografiya | |
Aholisi | 3 519 800 |
Qo'shimcha ma'lumot |
Shimoliy orol — Tinch okeandagi orol, Yangi Zelandiyaning shimoliy qismi. Janubiy oroldan Kuk boʻgʻozi orqali ajralgan. Maydoni 115 ming km². Gʻarbiy va sharqiy sohillari togʻlardan, markaziy qismi vulkanik platodan iborat. Issiq buloqlar, geyzer va issiq suvli koʻllar bor. Iqdimi subtropik, dengiz iqlimi. Yangi Zelandiyaning eng uzun daryosi (Uaykato, 354 km) va eng katta koʻli (Taupo, 612 km²) Shimoliy orolda. Hududining katta qismi ekin maydonlari va yaylovlardan iborat. Oʻrmonlar bor. Mamlakat aholisining 70% dan koʻprogʻi Shimoliy orolda yashaydi. Shimoliy orol — Yangi Zelandiyaning asosiy chorvachilik rayoni. Goʻshtsut chorvachiligi rivojlangan. Muhim shaharlari: Vellington, Oklend, NyuPlimut. Orolga dastlab yevropaliklardan 1642-yilda A. Tasman borgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |