Kontent qismiga oʻtish

Sitora (futbol klubi, Buxoro)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sitora (futbol klubi, Buxoro)
Toʻliq nomi Sitora (futbol klubi, Buxoro)
Asos solingan 1991-yil
Tugatilgan 2003-yil
Stadioni Sitora Sport majmuasi
Sigʻimi 5,000
Liga Oʻzbekiston Pro ligasi

Sitora — Buxoro shahridagi sobiq professional oʻzbek futbol klubi[1].

Sitora futbol klubi Buxoroda, ipak gazlama korxonasi qoshida 1991-yil tashkil etilgan. 1992-yilda jamoa Oʻzbekiston ikkinchi ligasida gʻolib chiqqan. 1993-yilda klub Oʻzbekiston Birinchi ligasida oʻz ishtirokini boshlagan. Klub bu davrda katta muvaffaqiyatga erisha olmagan. Eng yuqori yutugʻi 2000-yilgi Oʻzbekiston Birinchi ligasida 7-oʻrinni egallashi edi. 2003-yildan professional faoliyatini toʻxtatgan.

  • Oʻzbekiston Birinchi ligasi
    • 7-oʻrin (1): 2000
  • Oʻzbekiston ikkinchi ligasi
    • Chempion (1): 1992-yil