Tanni Grey-Thompson
Baronessa Grey-ThompsonBaronessa Grey-Thompson | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Grey-Thompson 2020-yilda | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Lordlar palatasi aʼzosi Lord Temporal | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Shaxsiy maʼlumotlari | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tavalludi |
Carys Davina Grey 26-iyul 1969-yil Cardiff, Uels | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Millati | valliy | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Siyosiy partiyasi | Aʼzo emas (krossbenchr) | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Turmush oʻrtogʻi |
Ian Thompson (turm. 1999) | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Bolalari | 1 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Istiqomat joy(lar)i | Eaglescliffe, Stockton-on-Tees, Durham okrugi, Angliya | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Alma mater | Loughborough universiteti | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Kasbi | siyosatchi, sprinter, | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Vebsayti | tanni.co.uk | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Taxallus(lar)i | Tanni Grey-Thompson | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Carys Davina Grey-Thompson, baronessa Grey-Thompson[2], (1969-yil 26-iyulda tugʻilgan), Tanni Grey-Thompson ismi bilan tanilgan, uelslik umrbodiy pyer, teleboshlovchi va sobiq nogironlar aravachasi poygachisi.
Yengil atletikadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Grey-Tompsonning Paralimpiadadagi faoliyatini 1984-yilda Uels terma jamoasi Oʻsmirlar oʻrtasidagi milliy oʻyinlarda 100 metrga yugurish bahslaridan boshlagan.
Xalqaro faoliyati 1988-yilda Seulda boshlangan. Atlet ushbu musobqada 400 metrga yugurish bahslarida bronza medalini qoʻlga kiritgan[3]. Yosh sportchi sifatida nogironlar aravachasidagi basketbolda ham qatnashgan. 2004-yilda Afinada boʻlib oʻtgan Paralimpiada oʻyinlari uning uchun beshinchi va soʻnggisi boʻlgan. Ushbu musobqada 100 va 400 metrga nogironlar aravachasida yugurish boʻyicha ikkita oltin medalni qoʻlga kiritgan. Umuman olganda, Paralimpiya oʻyinlaridagi faoliyati davomida 16 ta medal (11 oltin, toʻrtta kumush va bronza)[3] hamda jahon chempionatining 13 ta medalini (oltita oltin, beshta kumush va ikkita bronza) qoʻlga kiritgan.
2007-yil 27-fevralda Grey-Tompson Manchesterda boʻlib oʻtgan May Paralimpiya Jahon kubogida Buyuk Britaniya terma jamoasi safida soʻnggi marta maydonga tushganini eʼlon qiladi[4]. Faoliyati davomida jami 16 ta Paralimpiada medalini qoʻlga kiritgan, shu jumladan 11 ta oltin, 30 dan ortiq jahon rekordlariga ega va 1992- va 2002-yillar oraligʻida olti marta London marafonida gʻolib chiqqan[5].
Nafaqaga chiqqandan keyingi davr
[tahrir | manbasini tahrirlash]Televideniyedagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2007-yilda trekdan nafaqaga chiqishga tayyorgarlik koʻrish uchun BBC Wales va S4C, shuningdek, BBC One telekanalida televizion taqdimotchilik faoliyatini kengaytiradi.
Uning dunyodagi nogironlar aravachasidan foydalanuvchi birinchi ayol oʻlaroq televizorda BBC2 ning nogironlarga moʻljallangan „From the Edge“ serialidagi taqdimoti boʻlib oʻtadi.
Shuningdek, BBC Walesning „X-ray“, „Big Welsh Challenge“, „Land of our Mothers“ filmlarini taqdim etgan va BBC Radio Wales, Five Live va Radio Clevelandda ishlagan. 2008-yilgi va keyingi Paralimpiya oʻyinlarida BBC sharhlovchilar guruhining asosiy aʼzosi boʻlgan.
Maslahatchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Raqobatli faoliyati davomida Milliy nogironlik kengashi, Uels sport kengashi, Angliya lotereya mukofotlari paneli va Buyuk Britaniya sporti kengashida ishlagan. Shuningdek, uch yil davomida Mission 2012 panelida (Buyuk Britaniya sportining bir qismi) faoliyat yuritgan. Grey-Tompson, shuningdek, London marafoni (2007—2018), London transport kengashi (2008—2018)[6] da ham ishlagan va hozirda London merosni rivojlantirish korporatsiyasida ishlaydi. Oʻqituvchilar kengashiga raislik qiladi.
Grey-Tompson koʻplab xayriya tashkilotlari, jumladan Edinburg gersogi mukofotlari sxemasi, Wembley Stadium Legacy Trust, Guernsey nogironlik alyansi va Zoeʼs Place Baby Hospice, kasal bolalar va yosh bolalar xayriya tashkilotining homiysi[7]. Shuningdek, Sportsleaders UK prezidenti, UNICEF elchisi, Laureus World Sport Academy akademiyasi aʼzosi („Sport for Good“ jamgʻarmasi ishonchli vakili) va Winston Churchill Memorial Trust kengashi aʼzosi.
Bundan tashqari, nogironlar Tees daryosiga kirishini taʼminlaydigan Tees Wheelyboats Club guruhining ham homiysidir[8].
2011-yil iyul oyida Grey-Tompson fuqarolik jamiyatining kelajakdagi yetakchiligi boʻyicha 20:20 yetakchilik komissiyasi prezidenti sifatida eʼlon qilingan. 2011-yil 14-dekabrda parlamentda komissiyaning tavsiyalarini ilgari surgan.
Ilgari Trustee of V[9], Tony Blair sport jamgʻarmasi, Sportsaid jamgʻarmasi, Xalqaro ilhom elchisi hamda Ayollar sporti va fitnes jamgʻarmasi komissiyasining raisi boʻlgan.
Grey-Tompson, shuningdek, 2015-yil iyul oyidan beri Northumbria universiteti rektori hisoblanadi[10].
2021-yil dekabr oyida Grey-Tompson Shimoliy Tayn kombinatsiyasining Inklyuziv iqtisodiyot kengashi raisi etib tayinlandi[11].
Parlamentdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2010-yil 23-martda Grey-Tompson Lordlar palatasining tayinlash komissiyasi tavsiyasiga koʻra umrbodiy pyer etib tayinlangan. Avvalroq uelslik aloqa bilan unvon olish istagini bildirgan boʻlsa-da[12], 2010-yil 23-martda Stockton-On-Teesdagi eaglescliffelik baronessa Grey-Thompson oʻlaroq unvon berilgan[13].
Grey-Tompson 29-mart kuni Lordlar palatasida tanishtirilgan[14], ingliz va valliy tillarida sodiqlik qasamyodini ichadi va kursida oʻtiradi[15][16].
2014-yil avgust oyida Grey-Tompson sentyabr oyida ushbu masala boʻyicha referendum arafasida Shotlandiya mustaqilligiga qarshi chiqqan The Guardian gazetasiga xat imzolagan 200 nafar jamoat arboblaridan biri boʻlgan[17].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1993-yilda „nogironlar yengil atletika xizmatlari“ uchun Britaniya imperiyasi ordeni kavaleri[18], „nogironlar sportiga xizmatlari“ uchun 2000-yilda Britaniya imperiyasi ordeni ofitseri darajasiga[19] va 2005-yilda esa Britaniya Imperiyasi ordeni ayol qoʻmondoni unvoniga koʻtarilgan[20].
Grey-Tompson uch marta: 1992, 2000 va 2004-yillarda BBC Wales sportchisi deb topilgan. 2000-yilda BBC tomonidan yilning eng yaxshi sportchisi sifatida Steve Redgrave va Denise Lewisdan keyin uchinchi oʻrinni egallagan. Oʻsha yili 2000-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida koʻrsatgan natijasi uchun Helen Rollason mukofotini ham olgan. 2009-yil avgust oyida Gwynedd okrugining Bala shahridagi 2009-yilgi Milliy Eisteddfodda Gorsedd aʼzosi boʻladi[21].
2012-yil noyabr oyida Lance Armstrongning doping ishini tekshirish uchun Union Cycliste Internationale tomonidan tuzilgan uch kishilik komissiya aʼzoligiga tayinlangan[22].
2013-yil fevral oyida BBC Radio 4da Womanʼs Hour tomonidan Buyuk Britaniyadagi 100 ta eng kuchli ayollardan biri sifatida baholangan[23]. Xuddi shu yili BBCning 100 nafar ayolidan biri sifatida tan olingan[24].
2018-yil iyun oyida London xalqaro tenglik forumida Power Brands LIFE – Shon-sharaf zaliga kiritilgan[25].
2019-yil yanvar oyida BBC Icons seriyasida „XX asrning eng buyuk odami“ uchun daʼvogar sifatida tanlangan.
2019-yil 15-dekabrda unga BBCning „Yilning eng yaxshi sport shaxsi“ mukofoti berilgan[26].
Faxriy unvonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Grey-Tompson koʻplab faxriy unvonlarga, jumladan, Oxford, Oxford Brookes, Greenwich, Bath, Newcastle, Liverpool John Moores, Leicester, Sheffield Hallam, Hull, Exeter, Heriot Watt, Open, Wales Newport, Wales, Leeds Metropolitan, Loughborough, Teesside, Swansea, Glamorgan universiteti, UWIC, Surrey, Southampton, Manchester Metropolitan, Staffordshire va Cardiff universitetlari va York & Ripon kolleji faxriy doktorlik unvoniga sazovor boʻlgan. Grey-Tompson 2011-yil may oyida Vest Xem Yunaytedning Upton Park stadionida boʻlib oʻtgan universitetning yillik sport mukofotlari oqshomida Sharqiy London universitetining Lifetime Achievement Award va yana bir faxriy doktori unvonini olgan[27][28].
2013-yil iyul oyida nogironlik va muhtoj odamlarga, shuningdek, sport va Paralimpiya oʻyinlarini targʻib qilishga qoʻshgan ulkan xizmatlari uchun faxriy fan doktori (HonDSc) unvonini olgan[29].
2016-yil 15-iyunda Kembrij universiteti tomonidan huquq fanlari doktori (honoris causa) unvoni bilan taqdirlangan[30].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Grey-Tompson spina bifida kasalligiga chalingan va nogironlar aravachasidan foydalanadi. Carys Davina Grey choʻqintirildi, ammo Tannidan ikki yosh katta boʻlgan singlisi Sian uni birinchi marta koʻrganida „kichik“ (inglizcha: tiny) deb atagan va „tanni“ deb talaffuz qilgan; shundan beri ushbu laqab atlet bilan birga[31].
Grey-Tompson Janubiy Uelsning Penarth shahridagi St. Cyres umumiy maktabida oʻqigan[32]. 1991-yilda Loughborough universitetini Siyosat va ijtimoiy boshqaruv boʻyicha bakalavr (Hons) darajasi bilan tamomlagan.
Tadqiqotchi kimyogar va nogironlar aravachasining sobiq sportchisi Ian Thompson bilan turmush qurgan[33]. Ular Stockton-on-Teesdagi Eaglescliffe shahrida yashaydilar; ularning bitta qizi bor[34].
„Seize the Day“ avtobiografiyasi 2001-yilda „Hodder and Stoughton“ tomonidan nashr etilgan.
Paralimpiya Jahon kubogi medallari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Musobaqa | Oʻrin |
---|---|---|
2005 | 100 m | 1 |
2005 | 400 m | 1 |
2007 | 200 m | 2 |
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Grey-Thompson, Tanni. Seize the Day: My Autobiography. London: Hodder and Stoughton, 2001. ISBN 978-0340819722.
- Grey-Thompson, Tanni. Aim High. London: Accent Press Ltd, 2007. ISBN 978-1905170890.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Athlete Profile“. Thepowerof10.info. Qaraldi: 2019-yil 27-aprel.
- ↑ Andoza:London Gazette
- ↑ 3,0 3,1 „BBC Inside Out – Tanni Grey Thompson – Handing on the baton“. Bbc.co.uk. Qaraldi: 2017-yil 28-sentyabr.
- ↑ Grey Thompson confirms retirement. BBC Sport. 28 February 2007.
- ↑ „Dame Tanni Grey-Thompson“.
- ↑ „Board Members“. Transport for London. Qaraldi: 2016-yil 20-dekabr.
- ↑ „Patrons & Ambassadors – Welcome to Zoё's Place Baby Hospice“. Zoes-place.org.uk. 2017-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-sentyabr.
- ↑ Hole, Chris. „Baroness Tanni Grey-Thompson launches new River Tees Wheelyboat“. Evening Gazette (2011-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 15-yanvar.
- ↑ „Tony Blair Sports Foundation Board Members – The Tony Blair Sports Foundation“ (2011-yil 27-noyabr). 2011-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-aprel.
- ↑ „Chancellor“. Northumbria.ac.uk. Qaraldi: 2017-yil 8-iyul.
- ↑ Holland, Daniel. „Paralympic legend Tanni Grey-Thompson to take up new role advising North of Tyne mayor“. Evening Chronicle (2021-yil 2-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 2-dekabr.
- ↑ Tomos Livingstone.. „Baroness Tanni determined her title will have a Welsh connection“ (2010-yil 6-fevral). Qaraldi: 2018-yil 30-yanvar.
- ↑ Andoza:London Gazette
- ↑ „House of Lords – Hansard“. Department of the Official Report (Hansard), House of Lords, Westminster (2010-yil 29-mart). Qaraldi: 2017-yil 10-mart.
- ↑ Profile (Wayback Machine saytida 6 June 2013 sanasida arxivlangan), dodonline.co.uk; accessed 7 April 2016.
- ↑ „Baroness Grey-Thompson“. UK Parliament. Qaraldi: 2017-yil 14-oktyabr.
- ↑ „Celebrities' open letter to Scotland – full text and list of signatories“. The Guardian (2014-yil 7-avgust). Qaraldi: 2014-yil 26-avgust.
- ↑ Andoza:London Gazette
- ↑ Andoza:London Gazette
- ↑ Andoza:London Gazette
- ↑ „Gorsedd honour for female stars“. BBC Wales (2009-yil 23-iyun). Qaraldi: 2016-yil 7-aprel.
- ↑ Slater, Matt „BBC Sport – Lance Armstrong affair: Tanni Grey-Thompson on investigation panel“. Bbc.co.uk (2012-yil 30-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 26-avgust.
- ↑ BBC Radio 4, Womanʼs Hour Power list, bbc.co.uk; accessed 7 April 2016.
- ↑ „100 Women: Who took part?“ (en-GB). BBC News (2013-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 18-dekabr.
- ↑ „Power Brands Global“. Powerbrandsglobal.com. Qaraldi: 2021-yil 4-noyabr.
- ↑ „Baroness Tanni Grey-Thompson given Lifetime Achievement award“. BBC Sport (2019-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 20-dekabr.
- ↑ webmaster „Tanni Grey-Thompson“. Speakers Associates. Qaraldi: 2019-yil 27-aprel.
- ↑ University of East London „Baroness Tanni Grey-Thompson at UEL's second Annual Sports Awards“. YouTube (2011-yil 6-may). Qaraldi: 2019-yil 27-aprel.
- ↑ „Paralympic athlete Tanni Grey-Thompson receives honorary degree at Rochester Cathedral“. Kentonline.co.uk (2013-yil 31-iyul). 2013-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-avgust.
- ↑ „Acta – Cambridge University Reporter 6431“. Admin.cam.ac.uk (2016-yil 22-iyun). Qaraldi: 2017-yil 10-mart.
- ↑ „Paralympian Tanni Grey-Thompson becomes people's peer“. BBC News (2010-yil 29-mart).
- ↑ Butler, Patrick „Tanni Grey-Thompson: Paralympic star to disability rights champion“. Theguardian.com (2012-yil 26-avgust). Qaraldi: 2019-yil 27-aprel.
- ↑ „Tanni Grey-Thompson“. Tanni.co.uk. Qaraldi: 2017-yil 10-mart.
- ↑ Thompson, Barney. „Inside the home of former wheelchair athlete Tanni Grey-Thompson“. Financial Times (2014-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 27-aprel.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Profile, Debretts.com; accessed 7 April 2016.