Tarobulus ash-Shom
Tarobulus ash-Shom | |
---|---|
34°26′12″N 35°50′4″E / 34.43667°N 35.83444°E | |
Mamlakat | Livan |
|
Tarobulus ash-Shom (arabcha: طرابلس الشام Ṭarābulus aš-Šām) yoki Tripoli — Livanning shimoliy qismidagi shahar va Livanning Bayrutdan keyingi ikkinchi katta shahri. Shimoliy Livan muhofazasining maʼmuriy markazi. Aholisi 240 ming kishi (1994). Oʻrta dengiz sohilidagi port. Chetga sitrus mevalar, paxta chikariladi. Iroqdan neft quvuri oʻtkazilgan. Neftni qayta ishlash, oziq ovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Dengizdan baliq ovlanadi.
T. finikiyaliklar tomonidan mil. av. 2ming yillikda bunyod etilgan. 636-yil dan arablar qoʻl ostiga oʻtgan. 1916—1918 yillarda Usmonli turk saltanati tarkibida boʻlgan. 1920 yildan Livanga koʻshilgan. T. — Livandagi sunniylik yoʻnalishidagi musulmonlarning asosiy diniy markazi. Meʼmoriy yodgorliklardan Katga masjid (13-asr), Burtasiya masjidmadrasasi (14-asr), Sakrakiya masjidmaqbarasi, karvonsaroylar, bozorlar saqlangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |