Tenzor
Qiyofa
Tenzor (lot. tensus — kuchlanish, taranglash) — vektor tushunchasini umumlashtirib, bir necha maʼnoda qoʻllanib kelinayotgan matematik atama. Bu atama tenzorlar hisobiaya koordinatalarning bir tizimidan ikkinchi tizimiga oʻtganda maxsus qonun boʻyicha oʻzgaradigan miqdor (kattalik)larni bildiradi. Mas., tutash muhitlar mexanikasida qayishqoq (egiluvchan) jismning holatini ifodalovchi miqdor (deformatsiya tenzori) yoki qattiq jism massasining olingan nuqtaga nisbatan taqsimlanishini ifodalovchi miqdor (inersiya tenzori), shuningdek, tutash jismning biror nuktasida kuchlanishlarni ifodalovchi miqdorlar (kuchlanishlar tenzori).
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |