Kontent qismiga oʻtish

Tomizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tomizm — Foma Akvinskiy taʼlimoti va u asos solgan katolitsizm falsafasi va ilohiyotidagi yoʻnalish. Xristianlik aqidalarini Aristotel falsafasi bilan birlashtirgan. T. 13-asrda Yevropada (sxolastikada) hukmron mavqeni egallagan. Avgustin platonizmini siqib chiqargan va averroizmga qarshi turgan. Keyinchalik uning taʼsiri boʻshashib qoldi. 19-asr oxiridan neotomizm shaklida qayta tiklanib, katolik cherkovining rasmiy falsafiy taʼlimoti deb eʼlon qilindi.