Ubisoft Blue Byte
Ubisoft Blue Byte GmbH (2017-yilgacha Blue Byte) — Ubisoftga tegishli nemis videooʻyin ishlab chiqarish kompaniyasi. U 1988-yil oktabr oyida Tomas Gertsler va Lotar Shmitt tomonidan asos solingan.Kampaniya Anno va The Settlers oʻyinlari seriyalarini ishlab chiqish bilan mashhur. Studiya 2001-yilda Ubisoft tomonidan sotib olingan.
Related Designs 2013-yilda Blue Byte-ga birlashtirildi.2019-yildan beri Ubisoft Blue Byte Ubisoft Dyusseldorf, Ubisoft Mainz va Ubisoft Berlin nomini olgan uchta nemis studiyasining bosh kompaniyasi sifatida ishlaydi.
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asosiy va birinchi oʻyinlar (1988-1993)
[tahrir | manbasini tahrirlash]1988-yilda Thomas Hertzler va Lothar Schmitt nemis videooʻyinlar ishlab chiqaruvchisi Rainbow Arts kompaniyasini tark etishdi va oʻsha yilning oktabr oyida oʻzlarining Blue Byte kompaniyasiga asos solishdi.[1] Buning uchun Hertzler va Schmitt Hertzlerning ota-onasidan qarzga olingan 10 000 Nemis Mark miqdoridagi boshlangʻich kapitalidan foydalanganlar va Hertzlerning Mülheimdagi uyining chodirida ofis ochishgan.
Blue Byte-ning birinchi nashr etilgan oʻyini 1989-yilda Ubi Soft (keyinchalik Ubisoft nomi bilan oʻzgartirilgan) tomonidan chiqarilgan Great Courts tennis simulyatsiyasi edi. Blue Bytening Germaniya va Yevropadagi birinchi katta muvaffaqiyati oʻyini 1991-yilda yakunlangan Battle Isle strategiya oʻyini boʻldi. Kompaniyaning navbatdagi katta muvaffaqiyati 1993-yilda The Settlers nomi bilan xalqaro miqyosda sotiladigan Die Siedler boshqaruv oʻyinining chiqarilishi boʻldi. The Settlers koʻplab davomiy seryalarga ega boʻlib, Blue Byte mahsulotlarining eng mashhuriga aylandi.
Yirik loyihalar (1994-2000)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yillar davomida Blue Byte koʻplabyangi oʻyinlarni ishlab chiqdi, jumladan Chewy: Escape from F5 va Albion, lekin ularning aksariyati xalqaro miqyosda muvaffaqiyat qozona olmadi. Amerika bozoriga kirishga urinishlarga, odatda Accolade nashriyotida yordam berdi lekin muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Asosiy muvaffaqiyat Germaniya va Evropaning baʼzi qismlari bilan cheklandi. 1995-yilda Chikagoda yashovchi Julian Pretto ismli tadbirkor Germaniyaga borib, ularni Shimoliy Amerikada ofis ochishga ishontirdi. Qoʻshma Shtatlarda Battle Isle 2020 muvaffaqiyatli chiqqandan soʻng, Pretto firmani tark etdi. Uch yil oʻtgach, Blue Byte Chikagodan (Illinoys ) Texasning Ostin shahridagi yangi binoga koʻchib oʻtdi.
Ubisoft shoʻba korxonasi sifatida (2001-yildan hozirgi kungacha)
[tahrir | manbasini tahrirlash]2001-yil fevral oyida Blue Byte Ubi Soft tomonidan sotib olindi va unga Blue Bytening ikkita eng mashhur oʻyin seriyasiga eʼtibor qaratish topshirildi.Sotib olingan vaqtida Blue Byte 64 kishidan iborat boʻlgan va Buyuk Britaniya, Germaniya va Qoʻshma Shtatlarda faolliyat yuritayotgan edi.[2] Taxminan 2013-yilda Blue Byte Related Designs bilan ikkita oʻyinda hamkorlikda ishlagan, jumladan Might va Magic Heroes Online. Related Designs 2013-yil aprel oyida Ubisoft tomonidan sotib olindi, shu vaqtdan boshlab kompaniya Blue Byte bilan birgalikda loyihalarni ishlab chiqadi.[3] Related Designs 2014-yil iyun oyida Blue Byte-ga birlashtirilib, Blue Byte-ning ikkinchi ichki studiyasiga aylandi.[4] 2014-yilda Blue Bayte The Settlers: Kingdoms of Anteria oʻyinini ishlab chiqdi.
2017-yilda Blue Byte Ubisoft Blue Byte brendiga ega boʻlib, avgust oyida Gamescom tadbiri oldidan yangi logotipi taqdim etildi.[5] Berlindagi uchinchi Blue Byte studiyasi 2017-yil aprel oyida ochilgani eʼlon qilindi.[6] Ubisoft Blue Byte studiyasining operatsion menejeri Istvan Tajnay yangi studiyaning studiya menejeri boʻldi.Ubisoft Blue Byte tarkibiga kirsa ham, Berlinda joylashgan studiya ataylab „Ubisoft Berlin“ deb nomlangan.Ubisoft Berlin 2018-yil boshida ish boshladi va 2018-yil 25-sentabrda oʻzining rasmiy ochilishini oʻtkazdi. 2019-yil avgust oyida Gamescom koʻrgazmasida Ubisoft Blue Byte yangi korporativ identifikatsiyani ochib berdi, unda oʻz brendi ostidagi studiyalari Ubisoft Dyusseldorf va Ubisoft Mainz deb oʻzgartirildi.Bu harakat, birinchi navbatda, qoʻshimcha xodimlarni jalb qilishga qaratilgan edi.Chunki Ubisoft Blue Byte oʻsha paytdagi 520 nafar xodimi boʻlgan, 2023-yilga kelib 1000 nafar xodimgacha kengayishi kutilmoqda. 2020-yil dekabriga kelib, „Ubisoft Blue Byte“ brendini bekor qilinib boshladi, ilgari eskirgan ijtimoiy media kanallari oʻchirilmoqda.
Oʻyinlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Battle Isle seryasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nomi | Yil | Ishlab chiqaruvchi | Nashriyot |
---|---|---|---|
Battle Isle | 1991 (Amiga, DOS) | Blue Byte | Blue Byte |
Battle Isle Data Disk I | 1992 (Amiga, DOS) | ||
Battle Isle Data Disk II | 1993 (Amiga, DOS) | ||
Battle Isle II | 1994 (DOS) | Accolade | |
Battle Isle II Data Disk I | 1994 (DOS) | Blue Byte | |
Battle Isle III | 1995 (Windows) | ||
Incubation: Time Is Running Out | 1997 (Windows) | ||
Incubation: The Wilderness Missions | 1997 (Windows) | ||
Incubation: Hidden Worlds | 1998 (Windows) | ||
Battle Isle: The Andosia War | 2000 (Windows) | Cauldron |
Settlers seryasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nomi | Yili | Ishlab chiqaruvchi | Nashriyot |
---|---|---|---|
The Settlers | 1993 (Amiga), 1994 (DOS) | Blue Byte | Blue Byte |
The Settlers II | 1996 (DOS), 1997 (MacOS), 2007 (DS) | ||
The Settlers III | 1998 (Windows) | ||
The Settlers IV | 2001 (Windows) | Ubi Soft & Gameloft | |
The Settlers: Heritage of Kings | 2004 (Windows) | Ubisoft | |
The Settlers II (10th Anniversary) | 2006 (Windows) | ||
The Settlers: Rise of an Empire | 2007 (Windows) | ||
The Settlers: Rise of Cultures | 2008 (Windows) | ||
The Settlers 7: Paths to a Kingdom | 2010 (Windows) | ||
The Settlers – My City | 2010 (Windows) | ||
The Settlers Online | 2010 (Browser) | ||
The Settlers | TBA |
Anno seryasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nomi | Yili | Ishlab chiqaruvchi | Nashriyot |
---|---|---|---|
Anno Online | 2013 (Browser) | Blue Byte | Ubisoft |
Anno 1404 | 2009 (Windows) | Blue Byte, Related Designs | |
Anno 2070 | 2011 (Windows) | ||
Anno 2205 | 2015 (Windows) | Blue Byte | |
Anno 1800 | 2019 (Windows) |
Boshqa oʻyinlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nomi | Yili | Ishlab chiqaruvchi | Nashriyot |
---|---|---|---|
Great Courts | 1989 (Amiga, Amstrad CPC, Atari ST, C64, ZX Spectrum), 1991 (DOS), 1992 (SNES), 1993 (Atari Lynx) | Blue Byte | Ubisoft |
Twinworld | 1989 (Amiga, Atari ST), 1990 (Acorn Archimedes, C64, ZX Spectrum) | ||
Great Courts 2 | 1991 (Amiga, Atari ST, DOS) | Blue Byte | |
Tom and The Ghost | 1990 (Amiga, Atari ST, DOS) | Ubisoft | |
Atomino | 1990 (DOS), 1991 (Amiga, Atari ST, C64), 1994 (MacOS), 2002 (PalmOS, J2ME) | Blue Byte | Psygnosis |
Apidya | 1991 (Amiga), 2002 (Windows) | Kaiko | Play Byte |
Ugh! | 1992 (Amiga, C64, DOS) | Egosoft | |
History Line: 1914-1918 | 1992 (Amiga, DOS) | Blue Byte | |
Yo! Joe! Beat the Ghosts | 1993 (Amiga, DOS) | Scipio | |
Albion | 1995 (DOS), 2015 (Windows) | Blue Byte | Blue Byte |
Dr. Drago's Madcap Chase | 1995 (Windows) | ||
Chewy: ESC from F5 | 1995 (DOS), 1997 (Windows) | New Generation Software | |
Archimedean Dynasty | 1996 (DOS), 2015 (Windows) | Massive Development | |
Extreme Assault | 1997 (DOS) | Blue Byte | |
Game, Net & Match! | 1998 (Windows) | ||
Star Trek: Starship Creator | 1998 (Windows, MacOS) | ||
Stephen King's F13 | 2000 (Windows, MacOS) | ||
Your Shape: Fitness Evolved 2013 | 2012 (Wii U) | Ubisoft | |
Silent Hunter Online | 2013 (Browser) | ||
Panzer General Online | 2013 (Browser) | ||
Might & Magic: Heroes Online | 2014 | ||
Assassin's Creed Identity | 2014 (iOS), 2016 (Android) | ||
Champions of Anteria | 2016 (Windows) | ||
For Honor | 2017 (Windows) | ||
Beyond Good and Evil 2 | TBA |
Shuningdek qarang.
[tahrir | manbasini tahrirlash]''Qo'shimcha mutolaa uchun ingliz tilidagi maqolalar''
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Gössling, Jonas „Die Geschichte von Blue Byte – Vom Dachgeschoss nach Düsseldorf“. Gamestar (18-avgust 2013-yil).
- ↑ Ho, Jennifer „Ubi Soft acquires Blue Byte Software“. GameSpot (8-fevral 2001-yil).
- ↑ „Ubisoft completes Related Designs acquisition“. gamesindustry.biz.
- ↑ „Ubisoft: Ehemaliges Related Designs-Studio ab sofort unter Blue Byte-Flagge“. gamezone.de.
- ↑ Fröhlich, Petra „Ubisoft Berlin: Was wird aus der Marke "Blue Byte"?“ [Ubisoft Berlin: What will become of the brand "Blue Byte"?] (de). GamesWirtschaft (31-avgust 2017-yil).
- ↑ Fröhlich, Petra „Ubisoft Blue Byte: "Potenzial für 1.000 Jobs in Deutschland"“ [Ubisoft Blue Byte: "Potential for 1,000 jobs in Germany"] (de). GamesWirtschaft (26-aprel 2018-yil).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |