Kontent qismiga oʻtish

Ulugʻbek Inoyatov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ulugʻbek Ilyasovich Inoyatov
 Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori
Mansab davri
2011-yildan – 2013-yilgacha
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri
Mansab davri
2013-yildan – 2018-yilgacha
Oʻtmishdoshi Temur Shirinov
Vorisi Sherzod Shermatov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-may 1962-yil (1962-05-01) (62 yosh)
Toshkent
Kasbi muhandislik
Ilmiy unvoni pedagogika fanlari nomzodi

Ulugʻbek Ilyosovich Inoyatov – 2019-yildan Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi hamda 2020-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari. 2013-2018-yillarda Xalq taʼlimi vaziri.

Inoyatov Ulugʻbek Ilyasovich 1962-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1985-yilda Toshkent politexnika institutini tugatgan, 1998-yilda Toshkent moliya institutini tugatgan.

Mehnat faoliyatini 1985-yilda Toshkent politexnika institutida assistent sifatida boshlab, 1993-yillga qadar ushbu muassasada assistent va aspirant vazifalarida faoliyat yuritgan.

1993—1999-yillarda Toshkent arxitektura-qurilish institutida dekan muovini, dekan, 1999—2003-yillarda Toshkent moliya-iqtisod kolleji direktori, 2003—2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmati Taʼlim va kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish boʻyicha guruhining bosh konsultanti, 2006—2011-yillarda Toshkent moliya-iqtisod kolleji direktori, 2011—2013-yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori kabi vazifalarda faoliyat olib borgan.

2013—2018-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri[1][2].

2017—2018-yillarda Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisi boʻlgan[3].

2018—2019-yillarda Namangan davlat universiteti rektori vazifalarida ishlagan.

2019-yildan Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi. 2020-yildan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, spiker oʻrinbosari vazifasida ishlab kelmoqda.[4].

Shuhrat medali va Doʻstlik ordeni bilan taqdirlangan.

2019-yildagi saylov kampaniyasi davrida deputatlikka nomzod Ulugʻbek Inoyatovning „Toshkentda 5 bolali oila 2 yarim million soʻm oylikka (taqriban 210 AQSh dollari) yashay oladi“, soʻzlari uchun keskin tanqidlarga uchragan edi[5].