Kontent qismiga oʻtish

Yakov Eliashberg

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yakov Eliashberg
Tavalludi 11-dekabr 1946-yil (1946-12-11) (78 yosh)
Leningrad, SSSR
Fuqaroligi AQSh
Sohasi Matematika
Ish joylari Stanford universiteti
Taʼlimi Sankt-Peterburg davlat universiteti
Akademik rahbarlari Vladimir Abramovich Rokhlin
Mashhur ishlari Work in symplectic topology and h-principle
Mukofotlari

Geometriya boʻyicha Oswald Veblen mukofoti (2001)
Heinz Hopf mukofoti (2013)

Crafoord mukofoti (2016)
Wolf mukofoti (2020)

Yakov Eliashberg (talaffuzi: Yakov Eliashberg) (1946-yil 11-dekabrda tugʻilgan) — SSSRning Leningrad shahrida tugʻilgan amerikalik matematik.

Yakov Eliashberg 1972-yilda Leningrad universitetidan Vladimir Roxlin rahbarligida fan nomzodi ilmiy darajasini olgan. 1972-1979-yillarda Komi Respublikasining Syktyvkar davlat universitetida dars bergan. 1980-1987-yillarda sanoatda komputer dasturlari guruhi rahbari sifatida ishlagan. 1988-yilda esa Eliashberg AQShga koʻchib oʻtgan va 1989-yildan buyon Stanford universitetida matematika fani professori boʻlib ishlab kelmoqda.