Kontent qismiga oʻtish

Yerbodom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yerbodom
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

Yerbodom, chufa (Cyperus esculentus L.) — hiloldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik; bir yillik moyli ekin. VataniAfrika. Afrikada (Oq Nil havzasida) yovvoyi holda oʻsadi. Misrda mil.av. 3-asrdan boshlab ekib kelingan. Boʻyi 50—100 sm, bardisimon shaklda oʻsadi. Gullari mayda, ikki jinsli, ildizpoyalarining uchi tuganaksimon, yoʻgʻonlashgan. Namsevar va issiqsevar oʻsimlik. Vegetatsion davri 110—120 kun. Oʻrta dengiz mamlakatlari, Ispaniyada, tropik va Janubiy Afrikada, Hindiston, Shimoliy Amerika, qisman Oʻrta Osiyoda, Rossiyada (Volgaboʻyida) bir yillik ekin sifatida ekiladi. Tuganagida 30— 35% kraxmal, 15—20% shakar, 20—25% gacha moy, 3—7% oqsil mavjud. Hosildorligi quritilmagan tuganak boʻyicha 2—4 t/ga. Yerbodom tuganagidan ovqatga ishlatiladigan, qurib qolmaydigan yogʻ olinadi; parfyumeriya, tibbiyot va texnikada ham ishlatiladi. Bargidan qogʻoz va arqon tayyorlanadi. Tuganak mevalarining mazasi bodomni eslatadi.

Dilorom Yormatova[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil