Kontent qismiga oʻtish

Emmanuel Macron

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Emmanuel Macron Emmanuel Jean-Michel Frédéric Macron
Tavalludi 21-dekabr 1977-yil (1977-12-21) (47 yosh)
Fuqaroligi Fransiya
Partiyasi Olgʻa
Otasi Jean-Michel Macron[1]
Onasi Françoise Noguès

Emmanuel Jean-Michel Frédéric Macron – fransuz siyosatchisi va sobiq sarmoyaga oid bankchi, Fransiyaning yangi saylangan 25 chi prezidenti. „Olgʻa“ partiyasining yetakchisi. Fransiyaning sobiq Iqtisodiyot, sanoat va raqam ishlari vaziri boʻlgan. Bu lavozimni Manuel Valls ikkinchi hukumatida 26-avgust 2014-yildan 30-avgust 2016-yilgacha egalagan. Fransiyaning 2017-yilgi prezident saylovida gʻalaba qozongan, shu bilan Fransiyaning eng yosh prezidenti boʻldi.

Emmanuel Macron 21-dekabr 1977-yilda Amiens shahrida tugʻilgan. Otasi Jean-Michel Macron shifokor va Picardie Jules Verne Universitetida nevrologiya professor boʻlib ishlagan. Paris-Nanterre Universitetida, Siyosiy tadqiqotlar oliygohida va École nationale d’administration oʻqishni bitirgan.1999-yildan 2001-yilgacha Paul Ricœur yordamchisi boʻlgan. 2004-yildan 2008- yilgacha Iqtisodiyot vazirligida nazoratchi boʻlib ishlagan. 2007- yildan Jacques Attali bilan birgalikda Fransiyaning yaxshi oʻsishi hayʼati boʻyicha lavozimida ishlagan. Rothschild & Cie Banqueda sarmoyaga oid bankir boʻlib ishlagan, shu ishda Moliya Mozarti laqabini olgan.

Siyosiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fransiyaning 2006 yildan 2009 yilgacha Sotsialistik partiyasida boʻlgan. 2012-yildan 2014-yilgacha François Hollande Bosh kotibining oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 10-iyun 2014-yili istʼefoga chiqgan va 26-avgustda iqtisodiyot vaziri qilib tayinlangan. 6-aprel 2016-yili Macron „Olgʻa“ partiyasini yaratdi. 16-noyabr 2016-yili Macron Fransiya prezident saylovida qatnashadiganini aytdi. 8-may 2017-yili „Olgʻa“ partiyasini raislik lavozimidan ketdi.

Fransiyadagi 2017 yilgi saylovda qatnashgan. U saylovning 1-bosqichida 23,86% ovoz toʻplab 2-bosqichga chiqdi. U bilan Marine Le Pen 2-bosqichga chiqdi. „Olgʻa“ harakati asoschisi Emmanuel Makron Fransiyadagi prezidentlik saylovlarining 2-bosqichida 66,06 foiz ovoz bilan gʻalaba qildi. [2] . Marine Le Pen esa 33,94 foiz ovoz oldi. Macron Fransiyaning eng yosh prezidenti boʻldi

2007-yilda Macron oʻzining maktabdagi fransuz oʻqituvchisiga uylandi. Brigitte Macron Emmanuel Macrondan 24 yosh katta. Brigittening oldingi eridan 3ta farzandi bor.