Kontent qismiga oʻtish

Kavakami (Nagano)

Koordinatalari: 35°58′31.5″N 138°34′42.0″E / 35.975417°N 138.578333°E / 35.975417; 138.578333
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kavakami

川上村
Qishloq
Skyline of Kavakami
Kavakami
Bayroq
Kavakami
Gerb
35°58′31.5″N 138°34′42.0″E / 35.975417°N 138.578333°E / 35.975417; 138.578333
Mamlakat Yaponiya
{{{mintaqa_turi}}} Chubu viloyati
Asos solingan 1889-yil 1-aprel
Maydon 209.61 km2 (80.93 kv mi)
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2019-yil aprel)
4 009
Zichligi 19 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 0267-78-2121
Kavakami xaritada
Kavakami
Kavakami
Kavakami qishlogʻidan Yatsugatake togʻi

Kavakami (yaponcha: 川上村 Kavakami-mura?) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan qishloq. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra, qishloqda 1419 ta xonadonda 4009 nafar aholi istiqomat qilgan[1], aholi zichligi har kvadrat kilometrga 19 nafardan toʻgʻri keladi. Qishloqning umumiy maydoni 209,61 kvadrat kilometr (80,93 mi²) ga teng. Qishloq idorasi 1185 metr balandlikda joylashgan boʻlib[2], Yaponiyadagi barcha munitsipalitetlar orasidagi eng balandda joylashgan hudud hisoblanadi. Kavakami oʻzining salat barglari bilan mashhur, shuningdek, Kavakami itlari zotidan Kavakami Inu zoti ham mashhur[3].

Kavakami togʻli sharqiy Nagano prefekturasi hududida joylashgan boʻlib, janubda Yamanashi prefekturasi, shimolda Gunma prefekturasi va sharqda Saitama prefekturasi bilan chegaradosh. Kinpu togʻi (2499 metr) qisman ushbu qishloq ichida joylashgan. Yaponiyadagi eng uzun daryosi boʻlgan Chikuma daryosining manbai Kavakamida joylashgan[4].

Qishloqning katta qismi Chichibu Tama Kai milliy bogʻi chegaralarida oʻrnashgan.

Atrofdagi munitsipalitetlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloq nam kontinental iqlimga ega boʻlib, yozi salqin bamda qishi sovuq va namligi (Köppen iqlim tasnifi Dfb) bilan ajralib turadi. Kavakamida oʻrtacha yillik harorat 4,7 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin 1954 mm boʻlib, eng seryogʻin oy sentyabr hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 23,5 °C, eng past harorati esa yanvarda, −1,3 °C atrofida boʻladi[5].{{Joy iqlimi | Uzunlik =

| Joylashuv oʻrni =  Kavakami qishlog'i (Akiyama)
| Joy_ot = Kavakami qishlog'i (Akiyama)

| Manba = Manba xatosi: Invalid parameter in <ref> tag, Kavakami aholisi soni soʻnggi 50 yil ichida nisbatan barqaror boʻlib qolgan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
19405,488—    
19505,9+7.5%
19605,659−4.1%
19704,739−16.3%
19804,632−2.3%
19904,722+1.9%
20004,908+3.9%
20104,974+1.3%
20204,344−12.7%

Hozirgi Kavakami hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Qishloq chegaralaridan Jomon davri, Kofun davri va Nara davri xarobalari topilgan, bu esa ming yillar davomida bu hududda aholining doimiy yashaganidan dalolat beradi. Hozirgi Kavakami qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan yaratilgan.

Qishloq xoʻjaligi, xususan, salat barglari yetishtirish va oʻrmon xoʻjaligi mahalliy iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari hisoblanadi.

Taʼlim tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kavakamida ikkita davlat boshlangʻich maktabi hamda qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Qishloqda yuqori maktab mavjud emas.

  • Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Koumi liniyasi
    • Shinano-Kavakami

Magistral yoʻl

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Qishloq hech qanday milliy magistral yoʻllarga ega emas

Mahalliy diqqatga sazovor joylar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Omiyama xarobalari, Jomon davriga oid turar-joy izlari; Milliy tarixiy obida

Kavakamidan chiqqan taniqli odamlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Kimiya Yui — JAXA astronavti
  • Aaamyyy — elektron musiqachi va Tempalay pop guruhi aʼzosi[6]
  1. Kawakami Village official statistics(yaponcha)
  2. „川上村の沿革|川上村“. www.vill.kawakami.nagano.jp. Qaraldi: 30-iyul 2022-yil.
  3. „Kawakami Village Home Page“. 2011-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-aprel 2011-yil.
  4. „The Source of the Chikuma River“. 2011-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-aprel 2011-yil.
  5. Kawakami climate data
  6. Takanori Kuroda. „Cintra“ (yaponcha). Cinra (10-iyun 2019-yil). Qaraldi: 28-iyun 2019-yil.