Obuse
Obuse 小布施町 | |
---|---|
Shaharcha | |
36°41′51.0″N 138°18′43.6″E / 36.697500°N 138.312111°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
{{{mintaqa_turi}}} | Chubu viloyati |
Asos solingan | 1-aprel 1889-yil |
Maydon | 19.12 km2 (7.38 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2019-yil aprel) |
10 999 |
Zichligi | 580 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 026-247-3111 |
|
Obuse (yaponcha: 小布施町 Obuse-machi ) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra, shaharchada 3832 xonadonda 10999 nafar aholi istiqomat qilgan[1], aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 580 nafarni tashkil qiladi. Shaharning umumiy maydoni 19,12 kvadrat kilometr (7,38 mi²) ga teng.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Obuse shimoliy Nagano prefekturasida, Nagano shahridan sharqda joylashgan.
Atrofdagi munitsipalitetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar iqlimi issiq va nam yoz hamda sovuq qish bilan tavsiflanadi (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Obuseda oʻrtacha yillik harorat 12,4 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1229 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 25,9 °C, eng past harorati esa yanvarda, −0,3 °C atrofida boʻladi[2].
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Obuse aholisi soni soʻnggi 40 yil ichida ancha barqaror boʻlib qolmoqda.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1940 | 8,301 | — |
1950 | 10,817 | +30.3% |
1960 | 10,098 | −6.6% |
1970 | 9,625 | −4.7% |
1980 | 11,205 | +16.4% |
1990 | 11,568 | +3.2% |
2000 | 11,46 | −0.9% |
2010 | 11,074 | −3.4% |
2020 | 10,66 | −3.7% |
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi Obuse hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan va uni Imperator Go-Shirakava davridagi shoen bilan bogʻliq boʻlgan voqealarni soʻnggi Heian davri yozuvlarida joy nomi sifatida koʻrish mumkin. 1843-yilda 83 yoshida yapon rassomi Hokusai boy dehqon Takai Kozanning taklifiga binoan Obuse shahriga borib, u yerda bir necha yil yashaydi[4]. Obusedagi faoliyati davomida Hokusai bir nechta durdona asarlar yaratadi, jumladan Erkak toʻlqini va Ayollik toʻlqini nomli rasmlari mashhur boʻlgan[4].
Zamonaviy Obuse qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan yaratilgan. 1954-yil 1-fevralda u shaharcha maqomiga koʻtarildi. Obuse 1954-yil 1-noyabrda qoʻshni Tsusumi qishlogʻini oʻziga qoʻshib oldi.
Obuse shahridagi eng yirik shifoxona Shinsei kasalxonasi (Yangi hayot kasalxonasi) Kanadaning Anglikan cherkovi missioneri J.G.Waller tomonidan 1932-yilda Kanadada toʻplangan mablagʻ asosida sil kasalligi sanatoriysi sifatida tashkil etilgan[5].
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kichkina boʻlishiga qaramay, goʻzal Obuse shahri oʻzining kashtan sanoati bilan mashhur boʻlib, u mahalliy hunarmandlar ishiga oʻziga xos joʻshqinlik keltiradi, kashtandan muzqaymoq va boshqa shirinliklar shuningdek turli xil taomlar tayyorlanadi. Mintaqada kashtanlarning koʻpligi sabbali Obuseni Nagano markazidagi sayyohlar va sanʼat kollektsionerlari oʻziga jalb etadi hamda mahalliy yogʻoch ustalari va rassomlar uchun savdo bozorlarini ham yaratadi.
Taʼlim tizimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Obuseda bitta davlat boshlangʻich maktabi hamda bitta davlat oʻrta maktabi mavjud. Shaharda yuqpri maktab mavjud emas.
Transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temir yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]Magistral yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Joshin-etsu tezkor yoʻli
- Milliy yoʻnalish 18
- Milliy yoʻnalish 403
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Hokusaining Obusedagi lyuk qopqogʻi
-
Erkak toʻlqini
- Gansho-in, Katsushika Hokusai tomonidan boʻyalgan shiftli Budda ibodatxonasi
- Hokusai muzeyi[6] bu muzey milliy xazina hisoblanib, u Obuseda oʻzining bir qancha mashhur asarlarini yaratgan buyuk yapon rassomi Hokusaining asarlari va tarixini namoyish etadi.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „小布施町公式サイト“. www.town.obuse.nagano.jp.
- ↑ „Obuse climate: Average Temperature, weather by month, Obuse weather averages - Climate-Data.org“. en.climate-data.org.
- ↑ „Nagano (Japan): Prefecture, Cities, Towns and Villages - Population Statistics, Charts and Map“. www.citypopulation.de.
- ↑ 4,0 4,1 „Welcome to the World of Hokusai, an "Old Man Mad About Painting"!“. Hokusai Kan. Hokusai Museum (7-mart 2018-yil). Qaraldi: 16-may 2019-yil.
- ↑ „沿革・歴史“. 新生病院. Shinseibyouin. Qaraldi: 18-may 2019-yil.
- ↑ „Welcome to the World of Hokusai, an "Old Man Mad About Painting"!“. Hokusai Museum. Hokusai-kan (7-mart 2018-yil). Qaraldi: 18-may 2019-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy sayti (yaponcha)