Kontent qismiga oʻtish

Plutoniy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Plutoniy (lotincha Plutonium), Pu — sunʼiy yoʻl bilan olingan, aktinoidlar guruhiga mansub radioaktiv kimyoviy element. Tartib raqami 94, atom massasi 244,0642. Plutoniyning barqaror izotoplari yoʻq; uning massa sonlari 232 dan 246 gacha boʻlgan 15 ta radioaktiv izotopi maʼlum. Plutoniyning ahamiyatga ega izotopi 244Ri(T1/2=8,26-107 yil)dir. Plutoniy 194041-yillarda amerikalik olim Plutoniy Siborg rahbarligida uranni ogʻir vodorod — deytronlar bilan nurlantirib olingan. Plutoniyning nomi Pluton planetasi sharafiga qoʻyilgan. Uranni a- zarrachalar bilan bombardimon qilib, Plutoniyning yengil izotoplari olingan. Uranni neytronlar bilan yoritganda, uran neytronlarni ketma-ket qamrab olishi natijasida Plutoniyning ogʻir izotoplari hosil boʻladi. Plutoniy barcha izotoplari yarim yemirilish davrining muddati Yerning yoshidan anchagina kichik, shuning uchun barcha boshlangich Plutoniy (Yer planetasi tashkil topayotganda mavjud boʻlgan) butunlay parchalanib ketgan.

Plutoniy yaltiroq oq metall. Sutoklanish temperaturasi 640°, qaynash temperaturasi 3352°, zichligi 19,86 g/sm3, atom radiusi 1D62A. Plutoniyning kimyoviy xossalari uran va neptuniyning xossalariga oʻxshash. Plutoniy kimyoviy faol element. Oʻz birikmalarida 3, 4, 5 va 6 valentli. Plutoniy kislorodda yondirilsa, uning eng barqaror oksidi RiO2 hosil boʻladi. Plutoniy vodorodni yutish xossasiga ega. Boshqa metallar va metallmaslar bilan birikmalar hosil qiladi.

Plutoniyning sanoatda ishlab chiqarilishi yadro reaktorlarida 238U yadrosiga neytronlar taʼsir ettirishga asoslangan. Plutoniy, odatda, PuF3, PuF4 yoki PuO2 ni bariy, kalsiy yoki litiy bugʻlari bilan qaytarib olinadi. Plutoniy nihoyatda zaharli. Organizmga kirganida chiqib ketmaydi, suyakka oʻtib, yigʻiladi. Plutoniyni ishlatishda ehtiyot choralariga rioya qilish kerak.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil