Kontent qismiga oʻtish

Robert Huber

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Xuber Robert (1937.20.2, Myunxen) — nemis biokimyogari. Myunxen texnika universitetini tugatgan (1960). Martinsriddagi (Myunxen yaqinida) M.Planka nomidagi Jamiyatning biokimyo institutida ishlaydi (1978-yildan institut direktori). Asosiy ilmiy tadqiqotlari murakkab bioorganik birikmalar, shu jumladan, oqsillarning rentgenostrukturaviy analiziga oid. 1970-yilda immunoglobulinlarning uchlamchi tuzilishini yuqori darajada aniqlashga erishgan. 1982-yilda yilDayzenxofer bilan hamkorlikda membranali integral oqsilning uch oʻlchamli tuzilishini aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1988; Y. Deyzenxofer va X. Mixel bilan hamkorlikda)[1][2].

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil