Suzaka (Nagano)
Suzaka 須坂市 | |
---|---|
Shahar | |
36°39′4.0″N 138°18′26.1″E / 36.651111°N 138.307250°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
{{{mintaqa_turi}}} | Chubu viloyati |
Asos solingan | 1889-yil 1-aprel |
Maydon | 149.67 km2 (57.79 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2019-yil mart) |
50 828 |
Zichligi | 340 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0268-62-1111 |
|
Suzaka (yaponcha: 須坂市 Suzaka-shi ) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan shahardir. 2019-yil 1-mart holatiga koʻra, shaharda 19.979 ta xonadonda 50.828 nafar aholi istiqomat qilgan[1] va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 334 kishidan toʻgʻri keladi. Shaharning umumiy maydoni 149,6 kvadrat kilometr (57,8 mil²) ni tashkil etadi.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Suzaka shimoliy Nagano prefekturasi hududida, Matsukava daryosi Chikuma daryosiga qoʻshiladigan qismida joylashgan.
Atrofdagi munitsipalitetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nagano prefekturasi
- Gunma prefekturasi
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar issiq va nam yoz va nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Suzoqda oʻrtacha yillik harorat 10,5 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1189 mm, sentyabr esa eng nam oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 23,8 atrofida °C, eng pasti esa yanvarda, −2,2 atrofida °C.[2]
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Suzaka aholisi soni soʻnggi 40 yil ichida nisbatan barqaror boʻlib qolganligi aniqlangan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1940 | 34,517 | — |
1950 | 43,407 | +25.8% |
1960 | 43,779 | +0.9% |
1970 | 45,782 | +4.6% |
1980 | 52,543 | +14.8% |
1990 | 53,662 | +2.1% |
2000 | 54,207 | +1.0% |
2010 | 52,168 | −3.8% |
2020 | 49,559 | −5.0% |
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Suzaka sobiq Shinano viloyatida joylashgan va Edo davridagi Tokugava syogunati hukmronligida Suzaka domeni uchun qal’a shahri boʻlgan. 1889-yil 11-apreldagi Meidzi restavratsiyasidan keyingi kadastr islohotida zamonaviy Suzaka shahri tashkil topgan. Suzuka 1936-yil 1-dekabrda Hitaki qishlogʻini, 1954-yil 11-fevralda Hino va Toyosu qishloqlarini oʻziga qoʻshib oldi. 1954-yil 1-aprelda Suzaka shahar maqomiga koʻtarildi. 1955-yil 1-yanvarda Suzaka qoʻshni Inoue va Takahe qishloqlarini, 1971-yil 30-aprelda esa Azuma qishlogʻi hududini ham qoʻshib oldi.
Hukumat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Suzakada toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 20 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan hokim-kengash boshqaruv shakli mavjud.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar Meiji davrida ipak sanoati bilan mashhur edi. Ikkinchi jahon urushidan keyin shaharda elektronika sanoati vujudga keldi. Fujitsu korporatsiyasining Suzokada zavodi bunyod etilgan[4]. Shahar olma va uzum yetishtirish bilan ham ajralib turadi, Prefekturaning qishloq xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot stansiyasi ham Suzakada joylashgan[5].
Taʼlim tizmi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Suzakada shahar hukumati tomonidan boshqariladigan oʻn bitta davlat boshlangʻich maktabi hamda toʻrtta davlat oʻrta maktabi shuningdek Nagano prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan uchta davlat yuqori maktabi mavjud.
Transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temir yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nagano elektr temir yoʻli
- Murayama — Hino — Suzaka — Kitasuzaka
Magistral yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Joshin-etsu tezkor yoʻli
- Milliy yoʻnalish 403
- Milliy yoʻnalish 406
Xalqaro munosabatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- — Siping, Jilin, Xitoy, 1994-yil 12-maydan buyon
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Garyu Park, Yaponiyaning 100 ta eng yaxshi Sakura daraxti oʻsuvchi joylaridan biri
- Yonako sharsharasi, Yaponiyaning eng yaxshi 100 sharsharalaridan biri
- Suzaka shahar hayvonot bogʻi
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Suzaka City official statistics(yaponcha)
- ↑ Suzaka climate data
- ↑ Suzaka population statistics
- ↑ Fujitsu official home page
- ↑ Campbell, Allen. Japan: An Illustrated Encyclopedia. Kodansha, 1993 — 1487-bet. ISBN 406205938X.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy sayti (yaponcha)