Kontent qismiga oʻtish

Mustafo III

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mustafo III
مصطفى ثالث
Tughra of Mustafa III.JPG
Usmonlilar imperiyasi podshohi, xalifasi, ikki muqaddas masjid xodimi
Hukmronligining boshlanishi: 30-oktabr 1757
Hukmronligining tugashi: 24-dekabr 1773
Oʻtmishdosh: Usmon III
Voris:Abdulhamid I
Tugʻilgan sanasi: 28-yanvar 1717-yil
Tugʻilgan joyi:Istanbul, Usmonlilar imperiyasi[1][2]
Vafot sanasi:24-dekabr 1773-yil(1773-12-24)
(56 yoshda)[3][4]
Vafot joyi:Istanbul, Usmonlilar imperiyasi

Mustafo III (Usmonli turk tilida:مصطفى ثالث|lit=Muṣṭafā-yi sālis) (28 Yanvar 1717 – 24 Dekabr 1773) – Usmonlilar imperiyasining 1757-1773-yillardagi hukmdori. Ahmadning oʻgʻli (1703–30) va Abdulhamidning (1774–1789) ukasi[5][6].

Mustafo sergʻayrat va uzoqni koʻra oladigan siyosatchi edi. Usmonli imperiyasi va Yevropa kuchlari, Rossiya oʻrtasidagi tafovutni kamaytirish uchun armiya va davlat apparatini modernizatsiya qilishga harakat qildi.

Biroq uning hukmronligi davrida asr boshlarida Usmonlilar imperiyasini qamrab olgan umumiy tanazzul davom etdi va modernizatsiyaga urinishlar uni toʻxtatish uchun yetarli boʻlmadi. Oʻrnatilgan maʼmuriy tartibni oʻzgartirishga qaratilgan har qanday islohotlar yoki rejalar konservativ yanicharlar va imomlarning qattiq qarshiliklariga duch keldi. Mustafo piyoda va artilleriya islohotlarini amalga oshirish uchun Gʻarb maslahatchilarining yordamini olishga majbur boʻldi. Bundan tashqari, Sulton matematika, dengiz va fanlar akademiyasini tashkil etishni buyurdi.

Harbiy kuchsizligini yaxshi bilgan Mustafo urushdan qochadi. Rossiyaning Polshadagi kampaniyasi, fransuz diplomatiyasining sezilarli taʼsiri baribir uni Rossiyaga urush eʼlon qilishga majbur qildi va bu urushda halokatli tarzda magʻlub etildi.

  • Mihrishah (1745–1805)
  • Adilshah (vaf. 1803-yil 19-dekabr)[7]
  • Fehime (vaf. 1760/1761)[7]
  • Aynulhayat (vaf. 1764/1765) [7]
  • Gulnar
  • Rifat
  • Selim III (1761-yil 24-dekabr – 1808-yil 28-iyun; onasi – Mihrishah Sulton)
  • Mehmed (1766-yil 13-iyul – 1767-yil 10-yanvar yoki 1767-yil 10-yanvar – 1771-yil 20-may)[7]
  1. Hoiberg, Dale H., ed (2010). "Abdulmecid I". Encyclopædia Britannica. I: A-ak Bayes (15th nashri). Chicago, IL: Encyclopædia Britannica Inc.. 22 b. ISBN 978-1-59339-837-8. 
  2. There are sources that state his birth date as the 23rd of April
  3. Hoiberg, Dale H., ed (2010). "Abdülaziz". Encyclopædia Britannica. I: A-ak Bayes (15th nashri). Chicago, IL: Encyclopædia Britannica Inc.. 21 b. ISBN 978-1-59339-837-8. 
  4. Palmer, Alan. The Decline and Fall of the Ottoman Empire. Faber & Faber, 19-may 2011-yil. ISBN 978-0-571-27908-1. 
  5. Brill, E. J.. The Encyclopaedia of Islām: A Dictionary of the Geography, Ethnography and Biography of the Muhammadan Peoples, Volume 3, Part 2 — 761-bet. 
  6. Faroqhi, Suraiya. Subjects of the Sultan: Culture and Daily Life in the Ottoman Empire. I. B. Tauris, 29-noyabr 2005-yil — 326-bet. ISBN 978-1-850-43760-4. 
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 Süreyya, 1 Cild 1996.